Dullo quronov galaktikada bir
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
Buyuk fizik Albert Eynshteyn vaqt hamma joyda
ham bir xil oʻtmasligini isbotlab bergan. Masalan, avtomobilda tezlik bilan ketayotgan odamning soati toʻxtab turgan odamning soatidan sekinroq yuradi. Lekin bu farq juda-juda kichik boʻlgani sabab odamlarga sezilmaydi. Vaqt bilan vaqtning farqini sezish uchun bu avtomobilni yorugʻlik tezligida haydash kerak boʻladi. Yorugʻlik tezligi bilan Yer sharini bir soniyada 7-marta aylanib chiqish mumkin! Afsuski, insoniyat hali bunday tezuchar qurilmani yarata olmagan. Taqqoslab koʻring, yorugʻlik soniyasiga deyarli 300 000 km tezlikda, odam qoʻli bilan yaratilgan eng tezkor qurilma “Voyager-1” esa soniyasiga 17 km tezlikda uchadi... Vaqtning nisbiy ekanini olimlar quyidagi qiziq bir paradoks yordamida tushuntirishadi. Hasan ukasi Husandan 10 daqiqaga katta edi. Husan ilm-fanga qiziqqani uchun olim, koinotga qiziqqan Hasan esa fazogir boʻldi. Kun kelib Hasan koinot boʻylab olis 27 safarga chiqdi. U fazoda yorugʻlik tezligida uchdi va 10 yildan soʻng Yerga qaytib keldi. Nihoyat, egizaklar yana uchrashishdi. Bu paytda Husanning yoshi 40 da, Hasanniki esa 30 da edi! Juda gʻalati, shunday emasmi? Ammo buni qarangki, fizika qonuniyatlariga koʻra shunday boʻlishi aniq ekan. Olimlar buni “Egizaklar paradoksi” deb atashadi. Qahramonimiz Ahmadning hisob-kitob qilayotganiga sabab bor. Agar u Margol bilan Quyosh tizimidagi sayyoralarga katta tezlikda uchib borsa, Yerdagi vaqtdan ilgarilab ketishi mumkin. Masalan, ularning Quyosh tizimidagi ikki kunlik sayohati Yerdagi uch kunga toʻgʻri kelib qolishi hech gap emas. Kelajakka sayohat qilish mumkinligi ilmiy jihatdan isbotlangan boʻlsa-da, olimlar oʻtmishga qaytish masalasida koʻp bahslashishadi. Ayrimlar nisbiylik nazariyasiga koʻra oʻtmishga sayohat qilish mumkin desa, boshqalar buni inkor qiladi. Ammo shuni aniq aytish mumkinki, oʻtmishga qaytish shunchaki fantastik xayol emas. Fizika qonuniyatlarida bunga yetarlicha dalillar topiladi. – Demak, men tunda fazoga uchib, tong otguniga qadar yotogʻimga qaytishim mumkin boʻlar ekan-da?! – Toʻgʻri, bu biroz murakkab ish, ammo uddalasa boʻladi. Shaxsan oʻzim vaqt tuynugidan 2-marta oʻtganman. Buning uchun kemaning sirtiga maxsus qurilma oʻrnatiladi, xolos – dedi Margol. – Aytganday, 10 kun avval Isaak Nyuton degan olimingiz bilan ham koʻrishib qaytdim. – Nima, Nyuton bilan?! – Ahmad quloqlariga ishonmasdi. – Ha, oʻsha Nyuton-da. Vaqt tuynugidan oʻtib XVIII as- rga qaytdim va u bilan koʻrishdim. – Qoyil! – dedi lol qolgan Ahmad. – Oʻzi uning oldiga 28 nega bordingiz? – Bu haqida senga boshqa safar batafsil soʻzlab beraman. – Margol shunday deb yana Ahmadga oʻychan tikilib qoldi. – Xoʻsh, nima deysan, men bilan birga ucha olasanmi? Ahmad rozilik berishni ham, bermaslikni ham bilmasdi. U baribir ikkilanib qolgandi. Ammo salmirliklarning taqdiri haqida oʻylar ekan, yoʻq deyishga tili bormadi. – Mayli, roziman, – dedi Ahmad. – Juda soz! – Margolning sevinchi ichiga sigʻmay sakray boshladi. Bu oʻzga sayyoraliklarning sakrashi ham juda kulgili edi. – Sening Yerga eson-omon qaytishing uchun jonimni ham ayamayman, – dedi Margol sakrashdan toʻxtab. Shu tariqa ikkovlon fazo kemasini yasashga kirishib ketishdi. Kema kabinasi uchun Margol olib kelgan zahira kapsulasi juda mos kelar edi. Balandligi uch metr boʻlgan tuxumsimon kapsulaga Ahmadning loyihasi bilan yaratilgan qurilmalarni oʻrnatishsa bas, kema uchaveradi. Bu uskunalar fazodagi gravitatsiya toʻlqinlarini aniqlab, kemani shu yoʻnalishga tushib olishiga yordam beradi. Ahmadning dadasi Odilbek aka avtomashinalar ustasi edi. Shu sabab ularning uyida eski temir-tersaklar, buzilgan avtomashinalarning turli ehtiyot qismlari uyilib yotardi. Qahramonlarimiz fazo kemasining maxsus qurilmalarini shu temir-tersaklardan foydalanib yasashga qaror qilishdi. Avvaliga zahira kapsulasining toʻrt tarafiga uzunligi ikki metrlik quvurlar payvandlandi. Bu quvurlar kemani tutib turuvchi oyoqlar vazifasini oʻtaydi. Bundan tashqari, ushbu quvurlarga Ahmad oʻylab topgan katta-kichik qurilmalar ham mahkamlanadi. Soʻng Margol traktorning yer haydaydigan omochlarini kesib olib, yarim oy shaklida qayrilgan omoch pallalarini tekisladi. Tekislangan omochlar esa qanotga oʻxshab qolgandi. Keyin Margol bu qanotlarni 29 kemaning ikki yoniga payvandladi. Qanotlarning ostiga esa gaz balonlari va avtomobilning tutun chiqargichidan ishlangan reaktiv dvigatellar qotirildi. Toʻgʻri, bu yerda bir muammo ham bor. Yaʼni avtomobillarning ehtiyot qismlarini atmosferaning yuqori bosimi 3 soniyaga qolmay parchalab tashlaydi. Shuni hisobga olgan Margol har bir temir boʻlagiga qayta ishlov berib chiqdi. Ehtiyot qismlari salmirliklarning maxsus kukunsimon boʻyogʻi bilan qoplandi. Endi xavotir olishga oʻrin qolmagan edi. Yana bir muammo – ular fazodagi gravitatsiya toʻlqinlariga yetib olishlari uchun, avvalo, kemani fazoga olib chiqishlari lozim boʻladi. Buning uchun esa reaktiv dvigatelning yoqilgʻisi kerak. Ammo Ahmadning bu borada ham koʻngli toʻq. Sababi, Margol yoqilgʻi tayyorlash vazifasini oʻz zimmasiga olgan. Shu kuni kechga yaqin Ahmad oʻzga sayyoralik doʻstidan yana Isaak Nyuton haqida soʻradi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling