Dullo quronov galaktikada bir


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/41
Sana19.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1367457
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
Galaktikada bir kun PDF Lotin

Moki aytayotgan “Katta Magellan buluti” bizning 
“Somon yoʻli” galaktikamizga yoʻldosh hisoblanadi. Yaʼni 
u ham kichikroq galaktika, faqat “Somon yoʻli”ga ergashib 
yuradi. “Katta Magellan buluti” galaktikamizdan 163 ming 
yorugʻlik yili uzoqligida joylashgan. Demak, yorugʻlik 
tezligida uchilsa, 163 ming yilda unga yetib borish mumkin. 
Bu galaktikada yulduzlar “tugʻiladi”. Aniqrogʻi, bulutga 
oʻxshash samoviy changlar yigʻilib, yangi yulduzlarni 
hosil qiladi. Olimlarning taxminicha, bu jajji galaktikada 
30 milliardga yaqin yulduz mavjud. Bulutlikda Oltin baliq 


59
nomi bilan mashhur boʻlgan yulduz turkumi boʻlib, u jami 
32 ta yulduzdan tashkil topgan. Bu turkumni Yerdan turib 
oddiy koʻz bilan ham koʻrish mumkin. Gamma Oltin baliq 
yulduzi esa galaktikadagi eng yorqin yulduzlardan biri 
hisoblanadi. U bizning Quyoshimizdan 500 ming marta 
yorqinroq!
– Ana xolos! – Margolning kayfiyati tushib ketdi.
– “Koʻkkezar” bilan bu masofani uch oyda bosib oʻtish 
mumkin. Faqat xarita topib, yoʻnalishni toʻgʻri belgilab 
olish kerak. Lekin men u yoqlarga bora olmayman. Tezroq 
uyga qaytishim kerak, – dedi Ahmad.
– Balki, seni Yerga tashlab, oʻzim Oltin baliq yulduziga 
ucharman.
– Men ham sizga hamroh boʻlsam degandim, – gapga 
qoʻshildi Moki, – kristallni topishda juda asqataman.
– Ana, yordamchi ham tayyor! Ahmad sen faqat bizga 
yoʻnalishni belgilab bersang boʻlgani, – dedi Margol 
Ahmadga qarab.
– Qanday qilib, axir, qoʻlimda xarita yoʻq-ku. Bizning 
olimlar hali u yerlarni oʻrganmagan. Men gravitatsiya 
toʻlqinlari qayoqqa olib chiqishini bilmayman, – dedi 
Ahmad xoʻrsinib.
Ahmadning eʼtirozi oʻrinli edi. Chunki manzilga olib 
boradigan yoʻlni toʻgʻri belgilash uchun shu yoʻldagi barcha 
osmon jismlarini, ularning hajmi va massasini bilish kerak. 
Aks holda, istalgan gravitatsiya toʻlqiniga shoʻngʻishning 
oqibati yomon boʻlishi mumkin. Yaʼni kema bir tuynukdan 
kirib, koinotning umuman boshqa joyidan chiqishi va 
fazogirlar cheksiz koinotda adashib qolishlari mumkin. Shu 
sababli butun galaktikadagi yulduzlarning joylashish oʻrni 
koʻrsatilgan xarita boʻlmasa, aytilgan manzilga yetib borish 
mushkul.
– Boshim qotdi, endi sayyoramizning taqdiri nima 


60
kechadi?! – Margolning koʻzlariga yosh keldi.
Shu payt Mokining bosh qismidagi chiroqlar yonib-
oʻcha boshladi. Shaharning himoya tizimi esa ishlab ketib, 
katta karnaylardan “xavf yaqin… xavf yaqin…” degan 
ovoz jaranglay boshladi.
– Sayyoraga nomaʼlum uchar qurilma yaqinlashib qoldi, 
– dedi Moki himoya tizimini tekshirib.
– Hoynahoy, bu qaroqchi gikslar boʻlsa kerak! Izimizni 
topishibdi-da! – dedi Margol tahlikali ovozda.
– Endi nima boʻladi?! – soʻradi xavotirga tushgan 
Ahmad.
– Qani, yuringlar, sizlarni maxfiy tunnel orqali 
kemangizga olib boraman, – dedi Moki shu payt.
Yuqorida raketa dvigatelining ovozi eshita boshlagandi. 
Ular Mokiga ergashib maxfiy tunnyelga kirishdi. Bir necha 
daqiqa tunnyel ichidagi poyezdga oʻxshash transportda 
yurib “Koʻkkezar” turgan joydan chiqib kelishdi.
– Tezroq, hamma kemaga chiqsin, – dedi sheriklaridan 
tez chopayotgan Margol.
Birinchi boʻlib kemaga yetib kelgan Margol lyukni 
ochib Ahmadni ham bir urinishda tortib oldi. Soʻng oʻylab 
oʻtirmay Mokini ham kemaga chiqardi. Ular kemaga oʻtirib 
tezlik bilan uni oʻt oldirishdi. Endi uchmoqchi boʻlishganida 
uzoqdan ular tomon uchib kelayotgan gikslarning qiruvchi 
kemasi koʻrindi.
– Hoziroq uchmasak, ular oʻq uzishni boshlaydi, – dedi 
Moki.
Margol “start” tugmasini bosdi. “Koʻkkezar” tezlik bilan 
yuqoriga koʻtarila boshladi. Ammo qiruvchi kema ham 
ularning ortidan qolmayotgan edi.
– Ahmad, Yerga qarab ucha olmaymiz. Ular baribir 
ortimizdan taʼqib qilishadi, – dedi Margol imkon qadar 
tezlikni oshirishga harakat qilib.


61
Margolning gapi toʻgʻri ekanini Ahmad ham juda yaxshi 
bilardi. Sababi, qaroqchilar ularning ortidan Yergacha yetib 
borsa yerliklarga ziyon yetkazishi mumkin. Ammo qayoqqa 
qarab uchishlari kerak?!
– Unda qayoqqa uchamiz?!
– Bilmadim, Quyosh tizimidan chiqib ketishimiz kerak!
Shu payt qiruvchi kema bir nechta raketa uchirib 
hujumga oʻtdi. Bu raketalar “Koʻkkezar”ning ketidan 
qolmay taqib eta boshladi. Shu sabab “Koʻkkezar” ekipaji 
yanada tezroq uchib raketalarga chap berishga harakat 
qilardi. Shu tobda Ahmadning oʻylab oʻtirishga bir soniya 
ham vaqti yoʻq – har onda raketalar “Koʻkkezar”ga kelib 
urilishi mumkin. Chorasiz qolgan Ahmad, qanchalar 
xatarli boʻlmasin, yoʻlda uchragan birinchi gravitatsiya 
tuynugiga kirib ketishga qaror qildi. Ikki soniya oʻtar-
oʻtmas “Koʻkkezar” eng yaqin gravitatsiya tuynugiga 
yetib keldi-da, unga shoʻmgʻib koʻzdan gʻoyib boʻldi. 
Obmaning josuslari esa nima boʻlganini ham tushunmay 
hang-mang boʻlib qolishdi. Chunki koinotda biror-bir 
kema bu qadar tezkorlik bilan gʻoyib boʻlishiga hali ular 
guvoh boʻlishmagandi.
“Koʻkkezar” gravitatsiya toʻlqinida 15 daqiqa suzganidan 
soʻng toʻlqinning narigi boshidagi boshqa bir tuynukdan 
chiqib keldi. Biroq shu 15 daqiqada “Koʻkkezar” Quyosh 
tizimidan 17 yorugʻlik yiliga uzoqlashib, Al-Toyir yulduzi 
tizimiga yaqinlashib qolgandi.


62

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling