Dullo quronov galaktikada bir
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
KOINOT QAROQCHILARINING
KEMASIDA Koinotning Quyosh tizimidan bir yorugʻlik yili uzoqligidagi joyida qaroqchi gikslarning judayam bahaybat, taxminan Oy hajmidek keladigan kemasi uchib yurardi. Aslida, bu kemani gikslarning yagona qarorgohi – vatani deyish ham mumkin. Chunki bundan ming yil oldin Giks sayyorasi “Katta atomlar urushi” vaqtida butunlay yoʻq boʻlib ketgan. Oʻshanda Giks sayyorasining aholisi oʻzaro nizo tufayli 100-yilga yaqin urush qilgan va bu urush oxir- oqibat davlatlarning yadroviy qurollarni ishlatishigacha yetib borgan. Shu tariqa gikslar oʻz sayyorasini oʻzlari 17 halok qilishgan. Urushda omon qolganlar esa ulkan kema yaratib, sayyorani tark etgan. Mana, ming yildirki, gikslar qaroqchilik orqasidan kun koʻrib kelishadi. Ayni damda kemada qirq millionga yaqin tish- tirnogʻigacha qurollangan qaroqchilar koʻzi qonga toʻlganicha yangi hujumlarni kutib oʻtirishibdi. Ularga qolsa har kuni, har soniyada jang boʻlsa, galaktika xalqlarini qirgʻin qilishsa. Boʻyi ikki yarim metr, ogʻirligi esa uch yuz kilogramm keladigan bu maxluqlar juda ham qoʻrqinchli edi. Ular egniga doim qora libos va zirhlar kiyib yurishar, yuzlarini esa qoʻrqinchli niqob bilan yashirishardi. Bugun qaroqchilarning kattasi general Obma uchun judayam muhim kun. Chunki Obma bugun oʻz toʻdalaridan biri mashhur Salmir sayyorasiga tegishli yulduzlararo uchar kemani qoʻlga olgani haqida eshitdi. U bundan judayam xursand boʻldi. Chunki endi uning qoʻshinida ham tezkor yulduzlararo uchar kema boʻladi. Bunday kema bilan bir yulduzdan yaqinroq boʻlgan ikkinchi yulduzga 10 – 20 kunda yetib borish mumkin. Har qalay, bu oʻzining yulduzdan yulduzgacha 3-4 oy uchadigan kemasidan ancha yaxshi edi-da. Bundan tashqari, Obma salmirlik olimlar abadiy energiya generatorini ixtiro qilishgani haqida ham eshitgandi. Koʻpchilik bu generatorni afsona desa ham, negadir Obma uning borligiga ishonadi. Qoʻmondon ana shunday xayollar bilan boshqaruv kabinasida yurarkan, mulozimlardan biri uning yoniga shoshib kirib keldi. – Qoʻling qayrilmasin, general (gikslar shunday salomlashishadi. Chunki ular uchun eng ogʻir jazo bu asirga tushib, qoʻli orqaga qayrilish edi), senga xushxabar bor! – dedi mulozim. – Tezroq gapir! – Salmirlarning kemasini olib kelishdi. – Juda soz! – xursand boʻlib ketdi Obma. – Kemadagi 18 fazogirlar orasida olimlari ham boʻlsa kerak. Ularni tezda soʻroqqa tut. Quyosh tizimiga nima maqsadda kelishganini aniqla. Agar gapirishmasa, qiynoqqa sol! – Xoʻp boʻladi. Generalidan buyruq olgan mulozim xonadan yugurib chiqib ketdi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling