Dullo quronov galaktikada bir
TOʻRTINCHI BOʻLAKNI QIDIRIB
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
TOʻRTINCHI BOʻLAKNI QIDIRIB
Jangdan keyin muzey direktori qahramonlarimizga Duraduning qanoti evaziga vaʼda qilingan xarita boʻlagini topshirdi. Ahmad shu zahoti uchta xaritani birlashtirib koʻrdi. Qora rangli mato boʻlaklari bir-biriga shunchalar mos keldiki, xato ulanganda choklari sezilmadi. Ammo dumaloq matoning oʻrtasida tangadek keladigan joy ochiq 135 qolgandi. Bu joy xaritaning toʻrtinchi boʻlagiga tegishli edi. Shu kuni qahramonlarimiz oʻzlari uchun ikki kunlik taʼtil eʼlon qilishdi. Ular bu ikki kun davomida Koinot muzeyidagi turli ajoyibotlarni koʻrishdi, koʻngilochar bogʻlarda miriqib hordiq chiqarishdi. Taʼtildan soʻng ular qoʻmondon Dordon va muzey direktori bilan uchrashishdi. – Mana, sizning qoʻlingizda koinot xaritasining uchta qismi yigʻildi, – salmoq bilan gap boshladi Dordon. – Aslida, men koinot himoyachisi sifatida bunga yoʻl qoʻymasligim kerak. Zero, ajdodlarimiz bu xarita boʻlaklarining yana yigʻilishini sira istashmagan. Bordi-yu xarita yovuz kuchlarning qoʻliga tushib qolsa bormi, hammasi tamom! Bu gaplardan Margol va Ahmadning rangi oqara boshladi. Nahotki, bu ikki rahbar bir boʻlib ulardan shuncha mashaqqat bilan erishilgan xaritani tortib olishsa? Yoʻq, bunga aslo koʻnib boʻlmaydi. – Biz qoʻmondon Dordon bilan kelishib, – endi direktor soʻzga kirdi, – sizlarni yolgʻiz qoʻymaslikka qaror qildik. Qahramonlarimiz endi yengil nafas ola boshladilar. Xayriyatki, ularning maqsadi boshqa ekan. – Ha, bundan keyin men oʻzimning shaxsiy kemam va xos askarlarim bilan sizlarga hamrohlik qilaman. N 2 G ni topib, Salmirni halokatdan qutqarguningizcha mening nazoratimda boʻlasiz. Safar soʻngida esa xaritani oʻzimga qaytarib berasiz. – Juda yaxshi, biz qarshi emasmiz, toʻgʻrimi, Ahmad? – Margol Ahmadga yuzlandi. – Albatta, qoʻmondonning kemasi “Koʻkkezar”ga shatakka olinsa bas. – Unday boʻlsa, qiladigan ishlarimizni kelishib olsak, – dedi Dordon Ahmadga savolomuz boqib. Lekin hozirgi vaqtda na Ahmadda va na Margolda biror reja bor edi. Chunki xaritaning toʻrtinchi boʻlagi dom- 136 daraksiz yoʻqolgan. Million yillar oldin meriyalik olimlar uni juda maxfiy tarzda yashirib qoʻyishgan. Hozirga kelib qadimgi meriya xalqi yoʻq boʻlib ketgan. Ularning yashirin faoliyatidan xabardor biror jonning borligi esa katta shubha ostida edi. Shuning uchun qahramonlarimiz toʻrtinchi boʻlakni topish oson boʻlmasligini, ularni hali oldinda juda ogʻir sinovlar kutayotganini yaxshi his qilib turishgan edi. Kutilganidek, toʻrtinchi boʻlakni qidirish jarayoni qiyin kechdi. Mana, bir necha oy oʻtsa hamki, xaritadan biror darak yoʻq. Bu vaqt oraligʻida fazogirlarning galaktikada bormagan joyi deyarli qolmadi. Tarixchilar, yozuvchilar, etnologlardan 1 soʻrab-surishtirishdi, ammo birorta kimsadan joʻyali maʼlumot chiqmadi. Shunda Ahmad va Margol koinot oʻtmishini boshqalardan yaxshiroq biladigan galaktikadagi eng kuchli tarixchini topib u bilan suhbatlashishga qaror qilishdi. Endi ular koʻproq oʻsha tarixchini qidirishga vaqt sarflay boshladilar. Yaxshi tarixchilarni esa galaktikaning eng qadimiy yulduzlari yaqinidan topish mumkin edi. Sababi, bunday yulduzlar tizimidagi sayyoralarda galaktikaning eng qadimiy xalqlari yashar, bu xalqlar koinotda sodir boʻlgan barcha voqealardan xabardor boʻlib turar edilar. ‒ Xoʻsh, oʻsha qadimiy yulduzni qayerdan topamiz? – soʻradi bir kuni qidiruv ishlaridan charchagan Dordon. – Bunday yulduzlar galaktikamizda koʻp boʻlsa kerak, – javob berdi Ahmad. – Masalan, 2014-yilda yerlik olimlar galaktikadagi eng qari yulduzning birini aniqlashgan. 1 Etnolog ‒ jahon xalqlarining kelib chiqish tarixi, madaniyatini oʻrganuvchi mutaxassis. 137 Bu yulduzning yoshi 13,5 milliard yilga teng, “Katta portlash”dan koʻp oʻtmay paydo boʻlgan. Yulduz Yer sayyorasidan 6000 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. Yulduzlar qarigani sari kichrayib, soviy boshlaydi va oʻzidan juda kam yorugʻlik nuri chiqaradi. Keksa yulduzlarni shu jihatiga qarab ham aniqlab olish mumkin. ‒ Yoʻ-oʻq, – eʼtiroz bildirdi Margol. – Bizga undan ham qari yulduz kerak. Aytishlaricha, bunday keksa yulduzlarni faqat galaktikamizdagi ikkinchi Qora tuynuk yaqinidan topish mumkin ekan... *** Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling