Dullo quronov galaktikada bir
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
BU NIMASI?
Qaroqchilar Koinot muzeyidan 500 000 000 km uzoqlikda toʻxtashdi. Juda-juda dargʻazab boʻlgan Obma oʻzini qoʻyarga joy topa olmay qolgandi. Zero, shu kunga qadar galaktika boʻyicha hali hech kim uni bunchalik chuv tushirmagan edi. Doim istaganiga erishgan, hech qachon ogʻzidagi oshini oldirib qoʻymagan Obma bugun sharmanda boʻldi. Uni mittigina odam bolasi yengdi! “Bu nimasi, menga nima boʻlyapti? – oʻz-oʻzini koyiy boshladi Obma. – Shu bir odamga bas kelolmasam-a! Nima, u mendan ham qudratliroqmi?! Meni koʻrib hatto qoʻrqmadi ham, shunchaki qoʻl siltab qoʻydi-ya! Yoʻq, buni shunday qoldira olmayman. Endi bir tomchi qonim qolgunicha 125 senga dushmanlik qilaman, odam bolasi”. Obma shu zahoti Ragoni chaqirib dedi: – Meni zudlik bilan Koinot muzeyi direktoriga ula. Unga aytadigan muhim gapim bor. Rago xoʻjayinining aytganini qildi va tez orada xonadagi ulkan monitorda muzey direktori koʻrindi. – Salom, janob Obma, – direktorning bu kutilmagan aloqadan qattiq qoʻrquvga tushgani uning aft-angoridan bilinib turardi. – Senda menga tegishli narsa bor! – Sizni tushunmadim, siz olib kelgan narsalarning hammasi uchun pul toʻlaganman-ku. – Yoʻq, men yerlik odam va unga tegishli narsalar haqida gapiryapman. – Kechirasizu janob Obma, ular bizning mehmonimiz. – Yoʻq, kechirmayman, – oʻshqirdi Obma. – Hoziroq menga oʻsha odamni, kemani, xaritani va Duraduning qanotini topshirasan. Boʻlmasa, sayyorangning kulini koʻkka sovurib tashlayman. Bu gaplarni eshitgan direktorning esi chiqib ketayozdi. Uning lablari qoʻrquvdan dir-dir titray boshladi. – General, menga biroz vaqt bering, oʻylab olay! – Senga 30 daqiqa muhlat. Aloqa tugadi... MUZOKARA Direktor zudlik bilan xavfsizlik kengashini chaqirdi. Kengashda “Koʻkkezar” fazogirlari ham qatnashdi. – Hozir general Obma bilan gaplashdim, – gap boshladi yuzi oqarib, terlab ketgan direktor. – Obma sizlarni unga topshirishimni talab qilyapti. Agar uning talabini bajarmasam, Koinot muzeyiga hujum qilmoqchi. 126 – Nega endi?! Biz sizning mahbusingiz emasmiz. Biz erkin fazogirlarmiz, – eʼtiroz bildira boshladi Margol. – Siz qanotni olib, bizga vaʼda qilingan xarita boʻlagini topshiring. Bir daqiqada koʻzdan gʻoyib boʻlamiz. – Xoʻsh, sizlar ketganingizdan keyin-chi? – oʻrnidan turdi muzey qoʻshini sarkardasi. – Bizning sayyora bir sayyohlik markazi, xolos. Katta qoʻshin saqlamaymiz. Qaroqchilar oʻn daqiqada muzeyimizni yakson qilib yuboradi. – Sarkarda toʻgʻri aytyapti. Bizning boshqa choramiz yoʻq, Obma menga 30 daqiqa muhlat bergan, – dedi direktor. – Qanday qilib? – ajablandi Ahmad. – U 30 daqiqadan soʻng hujumga oʻta olmaydi. U kichkinagina yulduzlararo uchar kema bilan sayyorangizni yakson qilib tashlaydimi? – Ahmadning gapi toʻgʻri, – dedi Margol. – Hozir qaroqchilar biz salmirliklarning ekspeditsiyalar uchun moʻljallangan kemasida uchib yurishibdi. Ularning asosiy kemasi 800 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. Bu yergacha ikki oyda yetib kelsa ham katta gap! – Josuslar bu gapni tasdiqlaydi, janob direktor, – oʻrnidan turib dedi boshqa bir harbiy. – Menimcha, ularni qaroqchilarga topshirsak, juda katta xato boʻladi, – endi qahramonlarimizga yordam bergan direktor kotibi ham oʻrnidan turdi. – Agar galaktikada Koinot muzeyi rahbariyati kelgan mehmonlarni qaroqchilar qoʻliga topshiribdi degan gap tarqalsa, hammasi tamom. Bizning muzeyga sayyohlar kelmay qoʻyadi. Bankrot boʻlamiz! Bu gapdan soʻng barcha majlis ishtirokchilari sergak tortib qoldi. Haqiqatan ham kotibning eʼtirozi juda oʻrinli edi. – Unda nima qil deysiz? – jahl qildi direktor. – Bizni qoʻyib yuboring, – Ahmad gap boshladi. – Biz toʻgʻri Miks sayyorasiga uchib, katta qoʻshin bilan 127 qaytamiz. Qaroqchilar oʻzlarining asosiy kemalari bilan qaytib kelgunicha biz Miks qoʻshini bilan himoyalanishga ulguramiz. – Miks qoʻshini bizga yordam berarkanmi? – ishonqiramadi direktor. – Yoʻq, ular sizga emas, bizga yordam berishadi. Miks qoʻmondoni Dordon har qanday vaziyatda yordamga shay ekanini aytgan. U bir soʻzli harbiy. Ahmadning taklifi bu vaziyatda eng maʼquli edi. Direktor ham muzey, ham sayyohlar manfaatidan kelib chiqib bu taklifga koʻndi. Ammo ular katta qoʻshin bilan ortga qaytmaguncha xaritani bermasligi va adolat yuzasidan qanotni ham olmasligini aytdi. “Koʻkkezar” ekipaji majlis tugashi bilan Miks sayyorasiga uchib ketdi. Direktor 30 daqiqadan keyin Obma bilan bogʻlanib, xotirjam ohangda mehmonlarning qochib ketganini aytdi. Bir kunning oʻzida ikkinchi marotaba chuv tushgan Obma sharmandalarcha ortga qaytishga majbur boʻldi. Endi u Koinot muzeyiga qaroqchilarning katta qoʻshini bilan qaytishga qasd qilgandi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling