Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining omillari oqimlari va sabablari
Download 0.92 Mb.
|
Ziyotova Gulhayo
12 Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining omillari oqimlari va sabablari.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi, ya’ni mehnatga layoqatli aholini ish qidirib bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatlarga kо‘chib yurishi tashqi iqtisodiy aloqalarning muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Insoniyat tarixida odamlarning katta-katta guruhlarini u yoki bu mamlakatga kо‘chishlari bilan bog‘liq voqea-hodisalarga boy - g‘arbiy Yevropa mamlaktlari tomonidan Shimoliy Amerikaning о‘zlashtirilishi, Britaniya orollaridan chiqqanlarning Avstraliya qit’asini egallashlari, Xitoydan Janubiy Osiyo mamlakatlariga ommaviy kо‘chishlar, Shimoliy va Janubiy Amerikaga Afrikadan qora tanli qullarni tashib keltirishi bir qator hozirig rivojlangan davlatlarning vujudga kelishi va yuksalishiga sabab bо‘lgan (AQSH, Kanada, Avstraliya, yangi sanoatlashgan mamlakatlar) jahon iqtisodiyoti rivojlanishining barcha bosqichlarida ishchi kuchi migratsiyasi jarayoni yuz berib keldi. Ayniqsa ikkinchi jahon urushidan sо‘ng yanada kuchaydi. Hozirgi paytda statistik ma’lumotlarga qaraganda dunyoda har bir о‘n oiladan biri kо‘chib yuradi, ulardan tashqari 3g‘4 qismi ishchi kuchi migratsiyasiga tо‘g‘ri keladi. Dunyo bо‘yicha bunday ishchi kuchlarning umumiy soni 25 mln. kishiga yaqin. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining hozirgi darajasi jamiyatning ijtmioiy-iqtisodiy munosabatlarida ishchi kuchining о‘rni va ahamiyati tubdan о‘zgartirib yubordi, davlatlararo aloqalar madaniyatini sifat jihatidan yangi pog‘onaga kо‘tardi. Xalqaro mehnat bozori bu ishchi kuchi iste’molchialari va ularni yetkazib beruvchilar о‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm hisoblanadi. Ma’lumki, jahon mehnat bozoridagi vaziyat boshqa barcha bozorlar kabi talab va taklif asosida aniqlanadi hamda bir qator kishilar bilan belgilanadi. Bu omillar shartli ravishda iqtisodiy, demografik, siyosiy omillarga bо‘linib, ular о‘zaro bog‘langan. Bular orasida iqtisodiy omillar sanaladi, chunki qolgan barcha omillar pirovardida iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Chunonchi mamlakatdagi ishchi о‘rinlariga nisbatan aholining tez sur’atlar bilan о‘sishi. Iqtisodiy omillar deganda har bir davlat iqtsiodiy tushunchasi mustahkamligi uning о‘sish darajasi va rivojlanish kо‘lami tushuniladi. Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy imkoniyatlar mehnat sharoitlari va ish haqi о‘rtasida yuzaga kelgan sezilarli farq ishchi kuchlarini mamlakatlararo kо‘chib yurishiga sabab bо‘luvchi muhim omil bо‘lib hisoblanadi. Masalan, AQSH va Meksikadagi daromadlarning taxminan bir-biridan farq qilishi meksikalik ishchilarni AQShga ish qidirib kо‘chib о‘tishlarini asosiy sababi bо‘lib hisoblanadi. 80-yillarning boshida Yevropa hamjamiyati mamlakatlarida aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan yangi milliy mahsulot hajmi jamiyatga a’zo bо‘lmagan mamlakatlarnikidan 4,7 marta ortiq bо‘lgan. Shunday qilib Yer yuzida boy va rivojlanmagan malakatlarning mavjudligi xalqaro mehnat bozori amal qilishi belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Jahon mehnat bozorining ahvoli u yoki bu davlatlarning iqtisodiy rivojlanish sur’atlarining о‘zgarishiga bog‘liq bо‘ladi. Jumladan, bunday bog‘liqlikni davriy pasayishlar va kо‘tarilishlar paytida jahon bozorida ishchi kuchiga bо‘lgan talab va takliflar bevosita aks etadi hamda mamlakat qanchalik yirik bо‘lsa uning ta’siri ham shunday kuchli bо‘ladi. Mas alan, 1991-1992 yillarda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida davriy pasayish rо‘y berdi. Buning natijasida 1992 yilning о‘rtalariga kelib rasmiy rо‘yxatdan о‘tgan ishsizlar soni 30 mln. oshib ketdi. Ishsizlik darajasi 1974 yildan 5,2% dan 6,0% kо‘tarildi. Shu bilan birga bunday holat о‘z navbatida rivojlangan mamlakatlarda xorijiy ishchi kuchiga bо‘lgan talabning pasayishiga olib keldi. Aholining о‘sish sur’ati aholi sonining kо‘payishi yoki qisqarishi bilan bog‘liq bо‘lgan omillar demografik omillar bо‘lib sanaladi. Jumladan, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida aholining yuqori darajalarda о‘sishi bu mamlakatlarning shunday ham og‘ir iqtisodiy ahvolni yanada murakkablashtirib, tashqi migratsiyaga shart-sharoit yaratadi hamda ularni jahon bozoriga ishchi kuchi yetkazib beruvchi davlatlarga aylantiradi. Boshqacha aytganda, bu davlatlar ishchi kuchining asosiy iste’molchisi bо‘lib iqtisodiy о‘sish sur’ati aholining о‘sish sur’atidan yuqori bо‘lgan mamlakatlar hisoblanadi Ishchi kuchi migratsiyasi (labor force migration) – mehnatga layoqatli aholining iqtisodiy yoki boshqa harakterdagi sabablar tufayli bir davlatdan ikkinchisiga 1 yildan ortiq muddatga ko’chib o’tishi. Immigratsiya (immigration) – mehnatga layoqatli aholining berilgan mamlakatga uning sarhadlari tashqarisidan kirib kelishi. Emigratsiya (emigration) – mehnatga layoqatli aholining berilgan mamlakat sarhadlaridan chiqib ketishi. Migratsion saldo (net migration) – mamlakatdan immigratsiyani va mamlakatga emigratsiyaning farqi. “Aqlli kishilarning ketib qolishi” (“brain drain”) – yuqori malakali kadrlarning xalqaro migratsiyasi Reemigratsiya (re-emigration) – emigrantlarning vataniga doimiy yashash joyiga qaytib kelishi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi Xalqaro ishchi kuchi ning muhim elementi hisoblangan ishchi kuchi migratsiyasi uzoq yillar davomida iqtisodiy tadqiqotlar obyekti b olib kelmoqda. Migratsiya so’zi lotincha «migratio» so’zidan olingan bolib, «ko’chib yurish» ma’nosini bildiradi. Umuman olganda aholi migratsiyasini ichki va tashqi migratsiyaga, tashqi migratsiyani esa migratsiya maqsadidan kelib chiqqan holda turlarga bolish mumkin. Ularning orasida iqtisodiy migratsiya yetakchi o’rinni egallaydi. Ishchi kuchi xalqaro migratsiyasining iqtisodiy sabablarini tadqiq etish uchun xalqaro kapitallar migratsiyasini tahlil etishda qollaniladigan usullardan foydalanish mumkin. Faraz qilaylik, ishchi kuchi xalqaro migratsiyasining asosiy sababi rivojlangan mamlakatlarda o’rtacha ish haqi miqdori o’rtasidagi farq hisoblanadi. Masalan, faqat ikki mamlakat mavjud. Birinchi mamlakat LA hajmda mehnat resurslariga ega, ikkinchi mamlakat esa AL1 hajmdagi mehnat resurslariga ega Shunday qilib, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi deganda mehnatga layoqatli aholining bir davlatdan ikkinchi davlatga iqtisodiy va boshqa sabablarga ko’ra bir yildan ortiq muddatga ko’chib o’tishi tushuniladi. Ishchi kuchi migratsiyasi tufayli turli mamlakatlardagi ish haqi darajasi o’rtasidagi farq qisqaradi. Ishchi kuchi migratsiyasi natijasida jahon ishlab chiqarish hajmi mehnat resurslarini mintaqalar bo’yicha qayta taqsimlash va ulardan samarali foydalanish evaziga ko’payadi. Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi quyidagi sabablaiga ko’ra sodir bo’ladi: mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasining turlichaligi;ish haqi miqdori o’rtasida milliy farqlarning mavjudligi;ishsizlikning mavjudligi;kapitalning xalqaro harakati va transmilliy korporatsiyalar faoliyati. Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning ahamiyati kattadir. Bunday tashkilotlardan biri Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)dir, bu tashkilotda davlatlar, tadbirkorlar va mehnatkashlar vakillari ishtirok etadi. Migratsion jarayonlarni boshqarishda ushbu jarayonlarning asosiy yo`nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining 5 ta yo`nalishini ajratib ko`rsatish mumkin: 1) Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya; 2) Sanoati rivojlangan davlatlar doirasidagi migratsiya; 3) Rivojlanayotgan davlatlar orasidagi migratsiya; 4) Sobiq sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya; 5) Ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish bilan bogʻliq tub oʻzgarishlar birinchi navbatda mehnat munosabatlariga benihoya kuchli taʼsir koʻrsatdi. Natijada iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor munosobatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga xos, uning ajralmas qismi va doimiy yoʻldoshi boʻlgan ishsizlik fenomeni yuzaga keldi. Iqtisodiyotda kechgan obyektiv jarayonlar oqibatida minglab, millionlab kishilar ishsiz qoldi, oʻzlarining daromad manbaidan ajraldi. Endigina mustaqillikka erishgan yosh Respublikada kasbiy taʼlim tizimi mamlakatda shiddat bilan shakllananib borayotgan bozorning real talablaridan kelib chiqqan holda malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta atyyorlash tizimiga hali moslashib ulgurmagan edi. Natijada mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga talab oʻrtasida keskin tarkibiy disbalans yuzaga keldi va bozor munosabatlari oʻrnashib borgan sayin tobora chuqurlashib bordi. Bularning hammasi ish haqi oila daromadining yakkayu-yagona manbai boʻlgan yollanma ishchilar uchun haqiqiy fojiaga aylandi, ularni yuzaga kelgan tang vaziyatdan chiqish, oilani taʼminlash choralarini izlashga majbur qildi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling