Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари
Janubiy sharqiy osiyoning tabiy resruslari va uning iqtisodiy rivojlanishga tasiri
Download 0.92 Mb.
|
Ziyotova Gulhayo
10. Janubiy sharqiy osiyoning tabiy resruslari va uning iqtisodiy rivojlanishga tasiri
Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari. Janubi-sharqiy Osiyo subregioni tarkibiga Hindixitoy yarimoroli, Malay arxipelagi orollari, Yangi Gvineyaning g‘arbiy qismi kiradi. Uning maydoni 4,5 mln km.kv bo‘lib, umumiy quruqlik maydonining 3% ni egallaydi. Aholisi soni 630 mlnga yaqin. Ya’ni bu subregionda jahon aholisining 8,5% dan ko‘prog‘i istiqomat qiladi. Geografik joylashuvi jihatidan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand va Malayziya yarimorol, Bruney, Indoneziya, Singapur, Filippin va Sharqiy Timor esa orol davlatlar hisoblanadi. Bu yerda maydon kattaligi, aholi soni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi 11 ta davlat joylashgan. Ular orasida faqat Laos quruqlik ichkarisida joylashgan davlat bo‘lganligi sababli to‘g‘ridan to‘g‘ri dengizga chiqa olmaydi. Davlatlarning 4 tasi monarxiya boshqaruv shakliga ega. Ma’muriy-hududiy tuzilishiga ko‘ra, Malayziya va Myanma davlatlari federativ davlatlar hisoblanadi. Hind va Tinch okeanlari oralig‘ida joylashganligi; mintaqa davlatlari iqtisodiyoti rivojida ikki yirik sivilizatsiya – Xitoy va Hindiston ta’sirining kuchli ekanligi; buyuk geografik kashfiyotlar davrida rivojlanishni boshlagan xalqaro savdo va dengiz yo‘llari ustida joylashganligi mintaqa geografik o‘rnining asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Subregion relyefida tog‘li va tekislik hududlar salmog‘i deyarli teng. Mintaqada yirik tekislik hududlari mavjud emas. Asosan, subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan bo‘lib, iqlim xususiyatlari bu yerda doimiy yashil tropik o‘rmonlarning mavjud bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Mintaqaning 42% hududi o‘rmonlar bilan qoplangan. Suv resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Mekong, Iravadi, Chao-Praya, Xongxa daryolari eng asosiy chuchuk suv manbalari hisoblanadi. Mintaqaning yirik daryolari, asosan, yarim orol davlatlar hududidan oqib o‘tadi. Mintaqa tabiiy resurslari orasida mineral resurslar muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Myanma hududidan to Indoneziyagacha cho‘zilgan qalay-volfram belbog‘i o‘tgani sabab barcha yarimorol davlatlari hamda Indoneziya hududidan katta miqdorda qalay rudalariga qazib olinadi. Subregion qalayning umumiy zaxiralari bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egallaydi. Surma zaxiralari bo‘yicha Janubi-sharqiy Osiyo qit’ada birinchi, jahonda esa ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari, ushbu hududdan neft (Indoneziya, Malayziya, Bruney), toshko‘mir (Vyetnam, Indoneziya), uran rudalari (Indoneziya, Filippin), oltin (Myanma, Vyetnam, Filippin), volfram (Myanma, Tailand), boksit (Indoneziya, Filippin, Malayziya) kabi mineral resurslar ham qazib olinadi.Janubi-sharqiy Osiyoning deyarli barcha davlatlarida aholining tabiiy ko‘payish darajasi yuqori. Bunga birinchi navbatda milliy, diniy omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. Indoneziya, Filippin, Vyetnam mintaqaning aholi soni ko‘p bo‘lgan davlatlari hisoblanadi. Janubi-sharqiy Osiyo hududida 200 dan ortiq xalqlar yashaydi. Ular orasida malayliklar, laolar, tayliklar, vyetnamliklar, semanglar, birmaliklar, filippinliklar, yavaliklar, xitoylar katta salmoqa ega. Indoneziya, Malayziya, Bruneyda islom diniga e’tiqod qiluvchilar oldingi o‘rinda turadi. Tailand, Laos, Kambodja, Myanma hamda Vyetnamda buddizm, Singapurda esa konfusiylik dini keng tarqalgan. ubregionda konchilik (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida), yoqilg‘i-energetika (Indoneziya, Malayziya, Bruney va b.), rangli metallurgiya (Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vyetnam va b.), mashinasozlik (Indoneziya, Singapur, Malayziya va b.), kimyo (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Vyetnam va b.), yengil va oziq-ovqat (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida) sanoatlari tarmoqlari rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik ustun soha bo‘lib, sholi asosiy ekin turi hisoblanadi. Bundan tashqari, mintaqa davlatlarida turli ziravorlar, choy, kofe, kopra, geveya (tabiiy kauchuk olish uchun) kabilar ham yetishtiriladi. Chorvachilikda baliqchilik rivojlangan. Geografik o‘rin xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uchun asosiy transport turlari suv va avtomobil transporti hisoblanadi. Ayrim davlatlarda katoliklarning salmog‘i katta (Filippin, Sharqiy Timor). Subregionda o‘rtacha zichlik 1 km.kv.ga 140 kishini tashkil etadi. Kichik hududli davlatlarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori (masalan, Singapurda o‘rtacha zichlik 1 km.kv. ga 8000 kishidan oshadi). Urbanizatsiya darajasi 50% atrofida. Industrlashgan hududlarda bu ko‘rsatkich yuqori (Singapurda 100%), qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotida katta salmoqqa ega davlatlarda esa past (Sharqiy Timor 30% atrofida). Jakarta, Bangkok, Manila mintaqaning eng yirik shaharlari bo‘lib hisoblanadi. Mintaqa davlatlari tarixiy rivojlanishida Xitoy va Hindistonning ta’siri katta bo‘lsada, ushbu davlatlarning aksariyat qismi o‘z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini belgilashda yapon modeliga murojaat qilishgan. Natijada Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari ichida Singapur, Tailand, Malayziya kabi yangi sanoatlashgan davlatlar (so‘nggi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgan rivojlanayotgan davlatlar guruhi) soni ortib bormoqda. Bundan tashqari, bu yerda Bruney kabi neft eksport qiluvchi davlat, Sharqiy Timor, Laos kabi iqtisodiyoti past darajada rivojlangan davlatlar ham mavjud. Janubi-sharqiy Osiyo o`tgan asrning 70-yillargacha jahonning eng qoloq o‘lkalaridan biri bo‘lib kelgan edi. Osiyoda bir qator yangi industrial mamlakatlar shakllandi. Ana shunday mamlakatlar qatoriga Janubi-sharqiy Osiyoning dastlab Singapur, so`ngra Malayziya, Tailand, Bruney davlatlari ham qo`shildilar. Indoneziya va Filippinning ham ijtimoiy hayotida keskin jonlanishlar ko`zga tashlanmoqda. Shunday qilib, hozirgi Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari xo'jaligida rivojlanish darajasiga ko'ra bir-birlaridan farq qiluvchi: a) rivojlanishda ancha ilg'or bo'lgan yangi industrial mamlakatlarda industrial-agrar; b) rivojlanayotgan mamlakatlarda agrar-industrial ishlab chiqarish shakllandi. Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mintaqa YIM ning 40,7% i sanoatga, 24,7% i qishloq xo`jaligiga va 34,6% i xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi. Chetdan keltiriladigan metal asosida mashinasozlik sanoati Janubi-sharqiy Osiyoning Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin davlatlarida yaxshi rivojlangan. Elektronika va elektrotexnika, radiotexnika va telemexanika, maishiy xizmat texnikasi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ayniqsa, Singapur, Malayziya va Tailandda yuqori darajada rivojlangan. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotining asosini qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq bo'lgan agrosanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Tabiiy sharoiti har yili 2-3 martagacha turli ekinlami ekib hosil olishga imkon beradi. Shu sababli mavjud yer maydonlari doimo o'sib borayotgan millionlab ahohni zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda. Shu bilan birga, mintaqada chorvachilik ancha sust rivojlangan. Barcha mamlakatlarda baliq ovlash bilan shug`ullaniladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoatlari ancha ahamiyatli. Guruch mintaqadagi ko'plab mamlakatlar eksportining asosini tashkil qiladi. Bu borada Tailand, Myanma, Vetnam alohida ajralib turadi. Yog‘-moy sanoati tarmoqdagi yana bir yirik sohadir. O'simlik moyi, asosan, kokos yong‘og‘idan olinadi. Jahonda bunday moyni ishlab chiqarish va uni eksport qilishda ham Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi yetakchilik qiladi. Janubi-sharqiy Osiyoda transportning o`ziga xos tarmoqlari rivojlangan. Mamlakatlar iqtisodiyotida dengiz va daryo transportining roli, ayniqsa, katta. Temiryo`l va avtomobil transporti mamlakatlarda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Havo transporti ko`proq xalqaro aloqalarda muhim o`rin tutadi. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari rekreatsiya resurslariga juda boy bo`lganligi sababli, xalqaro turizm va dam olish tarmoqlari juda tez rivojlanmoqda. Mintaqa mamlakatlari jahon miqyosida eksport-import aloqalarida faol qatnashib kelmoqda. Ayrim mamlakatlar ichida eksport-import hajmining kattaligi bo`yicha Singapur (45,0 %), Malayziya (17,3 %), Tailand (14,7 %) va Indoneziya (10,8%) ajralib turadi. Mintaqada 2012-yilda 3,5 trln. AQSH dollariga teng YIM ishlab chiqarildi. Malakka mamlakatlari – Malayziya, Singapur va Tailand. Mintaqa hududining 20 % i, aholisining 16 % ini o`zida birlashtirgan bu mamlakatlar aholi jon boshiga tabiiy kauchuk, sholi, kokos palmasi moyi yetishtirishda jahonda yetakchilik qiladi. Ular og`ir sanoat tarmoqlari (elekr stansiyasi, turli kemalar va port texnikalari, elektrotexnika va neft kimyosi), yengil va oziq-ovqat sanoatlari mahsulotlarining ko`pgina xillarini ishlab chiqarishda ham birinchi o`rinni egallaydi. Avtomobil va elektrometallurgiya korxonalari ham faqat Malakka mamlakatlarida mavjud. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling