Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари
Polshaning iqtisodiy geografik orni tabiy resurslari aholisi va xojaligi
Download 0.92 Mb.
|
Ziyotova Gulhayo
43 Polshaning iqtisodiy geografik orni tabiy resurslari aholisi va xojaligi.
Polsha (Pólsha Respúblikasi, bunda mamlakatning rasmiy nomida zamonaviy polyakcha republika (respublika) soʻzi emas, balki eski – Rzeczpospolita (polyakchadan: Mushtarak narsa) soʻzi ishlatiladi) — Yevropadagi davlat, shimoldan Boltiq dengizi bilan yuviladi. Yevropa Ittifoqi aʼzosi. Maydoni 312,7 ming km². Aholisi 38,5 mln. kishi (2014). Poytaxti – Varshava(warszawa) shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (województwo)ga boʻlinadi. Polsha Visla va Odra daryolari havzasida, shimolida Boltiq dengizi va janubida Karpat va Sudet togʻlari oraligʻida joylashgan. Hududining 90% dan koʻprogʻi tekislik va payettekislik, janubida togʻliklar bor. Dengiz boʻylari past, qumloq. Qazilma boyliklari – toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tabiiy gaz va neft, temir, mis, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, rux; kaliymagniy tuz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil, okean iqlimi bilan kontinental iqlim oʻrta-sida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –G dan – 6° gacha, iyulniki 10–19°. Yillik yogʻin 500–1800 mm. Yomgʻir va qordan suv oladigan Odra, Visla, Bug, Notets va Var-ta daryolarida kema katnaydi. Polshada 9000 dan ortiq koʻl bor. Eng kattalari: Snyar-dvi (113,8 km²), Mamri (104 km²). Polsha hududining yarmidan koʻprogʻi haydaladigan yerlar, 28% oʻrmon. Aksariyat joylarda igna bargli, gʻarbi va janubida keng bargli daraxtlar usadi. Mamlakat shimoliy va sharqida yaxlit oʻrmon-zorlar (Belaya Veja pushchasining bir qismi va boshqalar) saqlangan. Shimoliy va shim,-sharkda katta maydonlar vereyekzor va torfli yerlar bilan band. Tekisliklarda aksari chimli-podzolli tuproqlar, sharq va shimoli-sharqda botqoqli tuproqlar, togʻ oldi va togʻ etaklarida qoʻngʻir oʻrmon va qora tuproklar, togʻlarda esa, togʻ qoʻngʻir, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. Oʻrmonlarda boʻri, silovsin, tulki, boʻrsiq, ayiq; tuyoqlilardan toʻngʻiz, los, bugʻu yashaydi. Kushlardan karqur, kaklik, togʻlarda burgut uchraydi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq koʻp. Polshada Tatra, Penin va boshqa milliy bogʻlar bor. Aholisining 98,5% polyaklar; ukrainlar, belaruslar, slovaklar ham yashaydi. Rasmiy til – polyak tili. Dindorlarning koʻpchiligi – katoliklar. Shahar aholisi –62,1%. Yirik shaharlari: Varshava, Lodz, Krakov, Vrotslav, Poznan, Gdansk va boshqa. Polsha – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-yil 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (1995-yildan Aleksander Kvasnevski), u Polsha fuqarolari tomonidan umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (quyi palata – seym va yuqori palata – senat), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Polsha – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 5,1%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 26,6%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 68,3%. Qishloq xoʻjaligi – Mamlakat maydonining 61% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar. Mayda xususiy dehqonchilik xoʻjaliklari ustun. Davlat xoʻjaliklari, shir-katlar va qishloq xoʻjaligi toʻgaraklari ham bor. Eng muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari: javdar, bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi va boshqa Sabzavot, tamaki, yem-xashak, re-zavor mevalar ham yetishtiriladi. Chorvachilik salmogʻi katta. Koramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi Polsha toshkoʻmir, oltingu-gurt, tabiiy gaz, kumush qazib olishda, poʻlat eritishda Yevropada oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kumir mamlakat yoqilgʻienergetika balansining asosini tashkil etadi. Toshkoʻmir Yuqori Sileziya, shuningdek, Valbshix va Lyublin havzalarida, qoʻngʻir koʻmir Bogatinda qazib chiqariladi. Elektr styalari, asosan, kumir konlari atrofida qurilgan. Issiklik elektr styalarida yiliga oʻrtacha 135,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, ozroq miqdorda neft ham qazib olinadi. Mamlakat ehtiyojlari uchun zarur neftning 90% dan koʻprogʻi chet ellardan sotib olinadi. Neftni qayta ishlash sanoatining asosiy markazlari – Plotsk va Gdansk. Chetdan keltiriladigan temir ruda va mahalliy koks asosida ishlovchi metallurgiya zavodlari (shu jumladan, Krakovdagi metallurgiya kombinati va mashhur "Katovitse" kombinati) Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida joylashgan. Rangli metallurgiya sanoati tarkibida mis (Gloguv, Legnitsa), qoʻrgʻoshin, rux (Katovitse, Bukovno, Myastechko-Slyonske) va alyuminiy (Konin) zavodlari bor. Sanoatning asosiy tarmoqlari boʻlmish mashinasozlik va metall ishlash sanoati xilma-xil mah-sulot ishlab chiqaradi. Kemasozlik (Gdansk, Gdinya, Shchetsin), samo-lyotsozlik (Varshava, Melen, Svidvin), vagon va lokomotivsozlik (Svidnitsa, Zelena Gura, Vrotslav, Poznan, Xshanuv), avtomobilsozlik (Varshava, Staraxovitse, Yelch, Lyublin, Nisa), traktorsozlik (Varshava) rivojlangan. Shaxta va metallurgiya zavodlari uchun texnologiya asbob-uskunalari, quyuv, kimyo, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, bino-korlik materiallari korxonalari uchun komplekt asbob-uskunalar, shuningdek, stanoklar, kema dvigatellari, elektr motorlar, koʻtarma-trans-port vositalari, roʻzgʻor mashinalari va apparatlar, elektron asboblar va boshqa ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatida oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻit, soda, xlor, plastmassa, sintetik tola, kauchuk ishlab chiqarish korxonalari bor. Asosiy markazlari – Tarnuv, Osvensim, Plotsk, Bidgoshch. Farmatsevtika, fotokimyo, parfyumeriya (Varshava, Lodz, Krakov), rezina, sement, shisha, chinnifayans, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogoz, koʻn-poyabzal, tikuvchilik sanoati mavjud. Toʻqimachilik (ip, zigʻir, jun gazlama, trikotaj), oziq-ovqat (qand-shakar, spirt-araq, goʻsht, yogʻ, baliq, tamaki) sanoat tarmoklari rivojlangan. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Polsha chet ellarga mashinalar, sanoat asbobuskunalari, kemalar, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari, kumir, koks, mis, rux, kora metallar prokati va boshqa chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, don, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa oladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, AQSH bilan savdo qiladi. Transportning asosini temir yoʻllar tashkil etadi. Transport yoʻli uzunligi – 24 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 372,5 ming km. Dare kemachiligi rivojlangan. Asosiy dengiz portlari – Gdansk, Gdinya, Shchetsin. Dengiz savdo flotining tonnaji – 4,5 mln. tonna dedveyt. Asosiy xalqaro aeroporti – Okense (Varshava yaqinida). XX asrning 90-yillarida iqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi bozorni barqarorlashtirish, milliy valutani mustahkamlash va davlat budjeti defitsitini kamaytirish hamda tashqi qarzning o‘sishini to‘xtatish imkonini berdi. 2012-yil YIM miqdori 593,3 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 15,5 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Sanoat va qurilishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishildi. Sanoatning rivojlangan sohalari: mashinasozlik, kemasozlik, metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, to‘qimachilik. Ishlab chiqarish tizimining o‘zgartirilishi, modernizatsiya qilinishi va hukumat tomonidan ekologik dasturlarining bajarilishi, so‘nggi yillarda atrof-muhit ahvolining sezilarli yaxshilanishiga olib keldi. Qishloq xo‘jaligida xususiy sektor ustundir. Polsha javdar, bug‘doy, kartoshka, raps mahsulotlarining yirik yetishtiruvchilaridan biri. Chorvachilik ancha rivojlangan. Iqtisodiy jonlanish bandlik bozoridagi ahvolni birmuncha yaxshiladi, ammo ishsizlar soni hali ham yuqori hisoblanadi. Iqtisodiy hamkorlari: Germaniya, Gollandiya, Italiya, Rossiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi-24313 km (11613 km elektrlashtirilgan). Avtomobil yo‘llari-352802 km, ichki suv yo‘llari-3997 km. Asosiy port shaharlari: Gdansk, Gdinya, Shchetsin. Rasmiy nomi-Polsha Respublikasi. Poytaxti-Varshava. Hududi-312,7 ming km.kv. Aholisi-38,6 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili polyak. Dini-katolik. Pul birligi-zlotiy. Markaziy Yevropa davlati. Janubda Chexiya (chegara uzunligi-790 km) va Slovakiya (539 km), sharqda Ukraina (529 km), Belarus (416 km) va Litva (103 km), g’arbda Germaniya (416 km), shimolda Rossiya (Kaliningrad viloyati 210 km) davlatlari bilan chegaradosh. Shimolda mamlakat Boltiq dengizi bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi-3582 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi-788 km. Mamlakat hududi asosan tekislikda joylashgan, mamlakatning 2/3 qismiga yaqini Polsha pasttekisligida yastanib yotibdi. Polsha shimolida Boltiq tizmasi joylashgan. Janubda va janubi sharqda Kichik-polyak va Lyublin tepaliklari yastanib yotadi. Janubiy chegara bo‘ylab Karpat va Sudet tog’lari cho‘zilib ketgan. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi Risiy tog‘i (2499 m). Asosiy daryolari-Visla va Oder. Mamlakat shimolida ko‘llar ko‘p. Polshada ko’mir, tabiiy gaz, mis, kumush va qo‘rg‘oshin konlari mavjud. Haydaladigan yerlar hududning 46% ini egallagan, o’rmon va dashtzorlar-28%, o’tloq va yaylovlar-13%. Kishloq xoʻjaligi. Mamlakat maydonining 61% q. x. ga yarokli yerlar. Mayda xususiy dehqonchilik xoʻjaliklari ustun. Davlat xoʻjaliklari, shir-katlar va q. x. toʻgaraklari ham bor. Eng muhim q. x. ekinlari: javdar, bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi va b. Sabzavot, tamaki, yem-xashak, re-zavor mevalar ham yetishtiriladi. Chorvachilik salmogʻi katta. Koramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi. Asosiy siyosiy partiyalari, birlashmalari va kasaba uyushmalari. Demokrat k partiya, 1939-y. asos solingan; Konservativ xalq partiyasi, 1997-y. tuzilgan; Mustaqil Polsha konfederatsiyasi partiyasi, 1979-y. tashkil etilgan; Polyak dehqonlari partiyasi, 1990-y. asos solingan; Polyak xristian demok-ratlari kelishuvi partiyasi, 1999-y. tuzilgan; Oraliq kuchlari bitishuvi partiyasi, 1990-y. tashkil etilgan; Mehnat ittifoqi partiyasi, 1992-y. asos solingan; Partiyani tiklash haraka-ti, 1995-y. tuzilgan. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling