Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари


Nigeriyaning iqtisodiy geografik o’rni tabiy resurslari aholisi va xojaligi


Download 0.92 Mb.
bet55/57
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1386472
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Ziyotova Gulhayo

44 Nigeriyaning iqtisodiy geografik o’rni tabiy resurslari aholisi va xojaligi.
Nigeriya (inglizcha: Nigeria), Nigeriya Federativ Respublikasi (inglizcha: Federal Republic of Nigeria) — Gʻarbiy Afrikada Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan davlat. Maydoni 923,8 ming km². Aholisi 129,93 mln. kishi (2002). Poytaxti — Abuja shahri Maʼmuriy jihatdan 36 shtat (state) va poytaxt okrugiga boʻlinadi. Sohili kam parchalangan kambar pasttekislikdan iborat. Yer yuzasi shim.ga tomon balandlashib bo-radi. Yoruba, Ud i, Jos platolari (eng baland joyi 1735 m) bor. Platolardan janubida Niger va Benue daryo vodiylari joylashgan. Sharqiy qismining rel-yefi togʻlik, ayrim choʻqqilarining balandligi 2000 m dan ortiq. N. hududi tektonik jihatdan Afrika platformasi tarkibiga kiradi. Zaminining metamorfik jinslari mamlakat maydonining 50% ni tashkil etgan. Ular tarkibida to-kembriy gneyslari, magmatit, amfibolit, kvarsit va slanetslar uchraydi. Sohil yaqinidagi botiqlar dengiz va kontinent choʻkindilari bilan toʻlgan. N.ning Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Toshkoʻmir, lignit va qoʻngʻir kumir, niobiy (kolumbit), kalay, volfram, molibden, temir, boksit, marganets, asbest, qoʻrgʻoshin, pyx va uran rudasi konlari topilgan. Mamlakatning shimoli-gʻarbida oltin konlari ham bor. Iqlimi ekvatorial mussonli iklim. Shimolida dekabrdan martgacha quruq shamollar esib turadi. Bahorda deyarli hamma joyda yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 500– 4000 mm. Ichki mintaqalarda eng issiq oy (aprel yoki may)ning oʻrtacha temperaturasi 25— 33°, eng salqin oy (dekabr yoki yanvar)niki 20—27°. Yirikdaryolari: Niger va uning irmoklari hamda Komadugu-Yobe. Ni-gerda kema qatnaydi. Chad koʻliga quyiladigan daryolari qurgʻoqchil mavsumda juda sayozlanib krladi. Tuproklari qizil-sariq, laterit, qizil laterit, qizil-qoʻngʻir, qora tusli va allyuvial tuproklar. Oʻsimliklarining aksari tropik oʻrmon va savannalardan iborat. Sohili kambar mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Daraxtlarni koʻplab qirqish natijasida tabiiy Urmonlar, asosan, qoʻrikxonalarda saqlanib qolgan. Hayvonot dunyosi boy: fil, karkidon, krp-lon, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, kiyik, jirafa va boshqa yashaydi. Ahrlisi. N.da turli tillarda suzlashuvchi 200 ga yaqin xalq bor. Gvineya tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — yoruba, igbo, ijo va nupelar koʻpchilikni tashkil etadi. N.da xausa tilida soʻzlashuvchi xalqdar anchagina. Kanuri, fulbe xalqlari qam yashaydi. Sharqiy bantoid tillarida soʻzlashuvchi xalqlardan ibibio va tivlar bor. Shahar aholisi — 35,2%. Aholisining yarmiga yaqini islom diniga, qolgan qismi xristian va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tillari — ingliz va fransuz tili. Yirik sha-harlari: Lagos, Ibadan, Ogbomosho, Kano, Ivo, Kaduna, Port-Harkort, Ilorin, Za-riya, Onicha va boshqa Milliy bayrami — 1-oktabr — Mustaqillik kuni (1960). N. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 11-martda tan oldi va oʻsha yil 28-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. N. — yirik sanoat salohiyatiga ega boʻlgan afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulot va tashki savdo qajmi jihatidan Afrikada 2-oʻrinda (JARdan keyin) turadi. Yalpi ichki mahsulotning yarmi sanoatda, taxminan 30% qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasida ishlab chikariladi. N. dunyoda neft eksport qiluvchi 10 ta yirik mamlakat jumlasiga kiradi, neft qazib olish sohasida Afrikada birinchi oʻrinni egallaydi. Qishloq xoʻjaligi —mamlakat iqtisodiyotining asosi, iqtisodiy faol aholi yarmidan koʻprogʻining tirikchilik manbai. Eng ommaviy deh-qonchilik shakli jamoa dehqonchiligidir. Mamlakatdagi 8 mln.ga yaqin fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 90% ni beradi. Haydaladigan yerlarning anchagina qismida oziq-ovqat ekinlari, asosan, ildizmevali va donli ekinlar yetishtiriladi. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, shakarqamish, sabzavot va hoʻl mevalar muhim oʻrin oladi. Eksport uchun moyli palma, kakao, yer yongʻoq, kauchukli oʻsimlik, paxta yetishtiriladi. Chorvachilik, asosan, shimolida va quruq savannalar mintaqasida rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Shimolida yilqichilik, janubida choʻchqachilik va hamma mintaqalarda parran-dachilik bilan shugʻullaniladi. Daryolarda, Chad koʻli va Gvineya qoʻltigʻi suvlarida qimmatbaho baliq turlari koʻp bulsada, baliq ovlash unchalik rivojlanmagan. Baliqchilik mahsulotlari mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Oʻrmon xoʻjaligidagi asosiy yogʻoch zaxiralari Niger daryosi etaklarida va janubi-sharqiy dengiz so-hilida joylashgan.Daraxtzorlar 23 ming km² ni tashkil etadi. Oʻrmonlar tartibsiz kesilishi natijasida qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar kamayib ketdi. Mamlakatda oʻrmon xoʻjaligini tiklash tadbirlari ishlab chiqildi, yogʻoch eksport qilish taqiklandi. Sanoatida konchilikasosiy oʻrinni egallaydi. Neft va tabiiy gaz, shuningdek, qalay va niobiy rudalari, toshkumir, temir rudasi va boshqa baʼzi turdagi foydali kazilmalar — N. konchilik sanoatining asosiy xom ashyo negizi. Ozroq miqdorda volfram, tantal, toriy, sirkon, uran, oltin, polimetall rudalar va boshqalarlar ham qazib olinadi. Xilma-xil nometall kazilmalar orasida ohaktosh, kaolin, qurilishbop qum, shagʻal bor. Mahalliy temir ruda, toshkoʻmir, ohaktosh va utga chidamli gilmoya negizida metallurgiyani rivojlantirishga kirishildi. Jumladan, 2000-yil oxirida Ajaokutda Tropik Afrikadagi eng yirik metallurgiya kombinatining birinchi navbati qurib bitikazildi. Neftni qayta ishlash zavodlari, "Pejo", "Folksvagen", "Fiat" va boshqa avtomobil zavodlarining yigʻuv liniyalari bor. Yiliga 9—10 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Niger daryosi buyidagi Kainji va Jebba GESlari, mamlakat janubidagi yirik shaharlarda joylashgan issiklik elektr markazlari elektr energetikaning asosini tashkil qiladi. Nigeriya sanoati tuzilmasida oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoklari yetakchi rol uynaydi. N.da 95 ta toʻqimachilik fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari bor. Ob-juvoz zavodlarida palma, yer yongʻoq va chigit yogʻi ishlab chikariladi. Tamaki, meva-konserva, goʻsht-sut, qand-shakar ishlab chiqarish korxonalari, tegirmonlar mavjud. Yogʻochsozlik sanoati Sapeldagi yirik yogʻoch tilishfaner ishlab chiqarish kombinatidan, Epadagi kombinat va boshqa 400-mayda yogʻoch tilish korxonalaridan iborat. N.ning yirik shaharlarida mebel fabrikalari, gugurt va sellyuloza-qogʻoz korxonalari bar-po etildi. Mamlakat janubidagi Nkala-gu, Port-Harkort, Abeokut, Kalabar, Emen shaharlarida sement, asbestsement taxtalar va quvurlar ishlab chiqarish zavodlari joylashgan. Lagos mashinasozlik va metall ishlash tarmoklarining yirik markazidir. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan. Avtomobil va temir yoʻl transporti yetakchi oʻrinda. Tashiladigan yuklarning 80% dan koʻprogʻi ularning hissasiga toʻgʻri keladi. Transport yoʻlilar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yoʻllari — 124 ming km. Gʻarbiy (Lagos—Kano) va Sharqiy (Port-Harkort—Kaduna) temir yoʻl magistrallari dengiz sohilini mamlakatning ichkari tumanlari bilan tutashtiradi. Neft quvurlari uz. — 3000 km. Asosiy suv yoʻli — Niger daryosi va uning irmoqlari boʻlib, ularda de-yarli yil boʻyi kemalar qatnaydi. Ichki suv yoʻllarining uz. — 7,4 ming km. Asosiy dengiz portlari: Lagos (Apapa va TinKan-Aylende), Port-Harkort, Bonni, Forkados, Burutu, Varri. Havo transporti Ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshladi. Lagos, Kano va Ilorinda xalqaro aeroportlar bor. Chetga, asosan, neft, kakao, kauchuk, palma yongʻogʻi magʻzi, xom teri chiqariladi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, isteʼmol mollari, oziqovqat va boshqa keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk-Bri-taniya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Braziliya. Pul birligi — nayra. Maydoni – 923,7 ming km2. Aholisi (2018-y.) – 195,9 mln. Poytaxti – Abuja Nigeriya Federativ Respublikasi G‘arbiy Afrikada joylashgan. Qirg‘oqlari janubdan Atlantika okeanining Gvineya qo‘ltig‘i suvlari bilan yuviladi. Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. Nigeriya federativ davlat bo‘lib, 36 ta shtat va federal poytaxt hududidan iborat. Nigeriyaning shtatlari, asosan, etnik tamoyil asosida ajratib qo‘yilgan. Poytaxti – Abuja shahri – mamlakatning markazida joylashgan. Nigeriyaning hududi Niger va Benue daryolari bilan relyefi jihatdan farq qiladigan ikki qismga bo‘linadi. Shi-molda relyef, asosan, yassi tog‘liklardan iborat, mamlakatning janubiy qismi esa pasttekisliklar bilan band. Nigeriyaning eng katta tabiiy boyligi – uning neft zaxiralari. Neft konlari ko‘proq mamlakatning janubiy qismida joylashgan. Mamlakat, asosan, subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan. Yil bo‘yi issiq harorat saqlanadi. Yog‘in miqdori janubiy dengizbo‘yi hududlaridan shimolga tomon kamayib boradi. Ekvato-rial iqlimli qismida yillik yog‘in miqdori 3 000 mm atrofida. Doimiy va fasliy nam o‘rmonlar hamda savannalar Nigeriyaning asosiy tabiat zonalaridir. Nigeriyadagi daryolardan eng yirigi Niger daryosi hisoblanadi. U Gvineya qo‘ltig‘iga quyilishida katta deltani hosil qiladi. Niger deltasi mamlakatning muhim iqtisodiy rayoni hisoblanadi. Nigeriya aholi soni bo‘yicha jahonda 7-o‘rinda turadi va u dunyoning 10 ta peshqadam davlati orasida tabiiy ko‘payishning eng yuqori sur’atlari bi-lan ajralib turadi. Nigeriya aholisi yiliga 4-4,5 million kishiga ko‘paymoqda. Nigeriya aholisining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi. Nigeriyada 6 ta «millioner» shahar mavjud. Gvineya qo‘ltig‘i sohilida joylash-gan Lagos shahri nafaqat Nigeriya, balki butun Afrikadagi eng yirik shahar hisoblanadi. Lagos 1991-yilgacha mamlakat poytaxti bo‘lgan, lekin uning aholisi juda ko‘pligi sababli poytaxt Abuja shahriga ko‘chirildi. Nigeriya Tropik Afrikadagi aksariyat mamlakatlar singari ko‘pmillatli davlat bo‘lib, aholisining etnik tarkibi 250 tadan ziyod mahalliy millat va elatlardan iborat. Eng yirik millatlari – xausa, yoruba va igbo (har biri jami aholining tahminan 20 %ini tashkil qiladi). Davlat tili – ingliz. Nigeriyaning shimoliy va g‘arbiy shtatlarida islom dini, sharqiy va janubiy shtatlarida esa xristian dini ko‘proq tarqalgan. Aholi zichligi mamlakatda o‘rtacha hisobda 1 km2 ga 200 kishidan ziyodroq bo‘lsa, qirg‘oqbo‘yi hududlarida bundan 3-4 barobar yuqoridir. Nigeriya YIMning umumiy hajmi bo‘yicha Afrikada 1-o‘rinda turadi, YIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori esa uncha yuqori emas – 6 000 AQSH dollari atrofida. Ammo bu Tropik Afrikadagi ko‘p davlatlarga nisbatan birmuncha balandroq ko‘rsatkichdir (mintaqa bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 3 600 AQSH dollariga teng).

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling