Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
O‘tkir Hoshimov, «Daftar hoshiyasidagi bitiklar»
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
O‘tkir Hoshimov, «Daftar hoshiyasidagi bitiklar»
Tojikiston va O‘zbekis ton davlatlarining rahbarlari tomonidan imzolangan, ter- rorchilik kabi o‘ta og‘ir jinoyatni tag-tomiri bilan qirqib tashlashga qaratilgan bitim hamda xuddi shu yilning 21–22-iyun kunlari MDH davlatlari rahbarla- rining Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ushbu masala yuzasidan muhim hujjat imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Genot- sid jinoyatining oldini olish va uni sodir etganlik uchun jazolash to‘g‘risi- da»gi (1961-yil 12-yanvardan kuchga kirgan), «Yollanma jinoyatchilarni yol- lash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash va o‘qitishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi (1989-yilda qabul qilingan), «Bombali terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi (1997-yil 16-dekabr), «Plastik portlovchi moddalarni topa olish maqsadida ularni markirovka qilish to‘g‘risida»gi (1991-yil) va boshqa bir qa- tor xalqaro konvensiyalar ham ratifikatsiya qilingan. Respublikamiz tomonidan terrorchilikka qarshi amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar tinchlikni saqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qator davlat idoralari, jumladan, mudofaa, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar va- zirliklari, milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojxona va prokuratura idoralari- ning terrorchilikka qarshi kurashdagi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish bugungi kun talabidir. Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko‘plab xalqaro shartnoma- larni ratifikatsiya qilib, ulardagi maj buriyatlarni izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, bu masalalarda o‘zining tashabbuslarini ilgari surayotganini ham alohida ta’kidlash zarur. 121 Ma’lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qara- tilgan 13 ta hujjati (11 ta Konvensiya va 2 ta protokol) mavjud. Hozir O‘zbekis- ton 12 ta ana shunday xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilgan. Ular qatorida 1971-yildagi «Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘ayriqonuniy aktlarga qarshi kurash to‘g‘risida»gi; 1973-yildagi «Xalqaro himoyadan foyda- lanuvchi shaxslarga, shu jumladan, diplomatiya agentlariga qarshi jinoyatlarning oldini olish va bunday jinoyatlar uchun jazolash to‘g‘risida»gi; 1979-yildagi «Odamlarni garovga olishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi; 1980-yildagi «Yadro- viy qurilmalarni va yadroviy materiallarni jisman himoya qilish to‘g‘risida»gi; 1988-yildagi «Dengiz kemachiligi xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘ayriqonuniy aktlarga qarshi kurash to‘g‘risida»gi; 1997-yildagi «Bombali terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi; 1999-yildagi «Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi ku- rashish to‘g‘risida»gi xalqaro konvensiyalari borligini ko‘rish mumkin. Bugungi kunda BMT tomonidan «Yadroviy terrorizm xurujlariga qarshi ku- rash to‘g‘risida»gi xalqaro konvensiya va «Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yalpi konsepsiya» loyihalari tayyorlanayotgani O‘zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash borasidagi tashabbuslariga hamohangdir. O‘zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terro rizmga qarshi kurashga qaratilgan 7 ta xalqaro shartnomani imzolagan. O‘zbekiston Respublikasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash masa- lalarida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Yev- roosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida ham faol ishtirok etmoqda. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling