116
O‘ZBEKISTONNING DIN NIQOBIDAGI
EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA
QARSHI KURASHDAGI O‘RNI
24-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, ekstremistlar nima uchun o‘zlarining g‘arazli
maqsadlarini amalga oshirishda dindan niqob sifatida foydalanadilar?
2. Ekstremistlar va terroristlarning asosiy maqsadi nima deb o‘ylaysiz?
3. Ekstremistlarning go‘yalariga dunyo dinlari vakillarining munosabati
qanday?
4. Inson ongida paydo bo‘lgan bo‘shliq ekstremistik g‘oyalarga bo‘ysuni-
shiga olib keladimi?
5. Inson ongida bo‘shliq paydo bo‘lmasligi uchun nimalar qilish kerak?
XX asrning 90-yillariga kelib dunyo
siyosiy xarita-
sining o‘zgarishi, yangi mustaqil davlatlarning vujud-
ga kelishi, jahon hamjamiyatining globallashuvi va in-
tegratsiyalashuvi, zamonaviy
xalqaro munosabatlarda
yangicha tartibotlarning shakllanishiga turtki bo‘ldi.
Bu davrda Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining iqti-
sodiy va strategik ahamiyatiga ko‘ra dunyoning muhim
hududi sifatida e’tirof etildi. Bunga
quyidagi omillar
sabab bo‘lmoqda:
• Markaziy Osiyo shimol va janub, sharq va g‘arb-
ni o‘ta muhim transport-kommunikatsiya yo‘llari
bilan bog‘lovchi
hudud sanaladi;
• Markaziy Osiyo hududi Sharq va G‘arb sivilizat-
siyalari
kesishgan hamda islom, xristian va bud-
daviylik dinlari jam bo‘lgan nuqtada joylashgan.
Kimki yerning
markazi ustida
nazorat o‘rnat
sa, u Dunyo oro
liga ega bo‘ladi,
kimki dunyo
orolida nazo
rat o‘rnatsa, u
Jahon ustidan
hukmronlik qila
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: