131
ishning naqadar yomonligidan dalolat beradi. Shunga
ko‘ra, islom manbalarida o‘zini o‘ldirgan kishiga masjid
imomi janoza o‘qishi
mumkin emas, deyilgan.
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisi sha-
rifda: «Kimki tog‘
tepasidan tashlab, o‘z-o‘zini o‘ldirsa,
o‘lgandan so‘ng jahannamda ham shu xil azobga girif-
tor bo‘ladi. Agar zahar ichib o‘zini o‘zi o‘ldirsa, jahan-
namda ham abadiy shu azobga mubtalo bo‘ladi. Kimki
o‘zini temir parchasi bilan o‘ldirsa, u kishi temir parcha
qorniga suqilgan holatda jahannam o‘tida abadiy qolur»,
deb marhamat qilganlar (Imom
Buxoriy va Imom Ter-
miziy rivoyati).
Islom ta’limotiga ko‘ra, hayot ne’mati insonga Alloh
taolo tomonidan beriladi. Bu ne’matning qadriga yetish,
har soat, har daqiqada xayrli va savobli ishlarni qi lish
talab etiladi.
Hozir ba’zi guruh va shaxslar «o‘zini o‘ldirish»
tushunchasini shahidlik bilan qorishtirib talqin qilish-
moqda. «Shahid» Alloh
taoloning sifatlaridan biri
bo‘lib, «guvohligi ishonchli, har doim hozir bo‘luvchi
Do'stlaringiz bilan baham: