Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

DUNYOVIYLIK VA MUTAASSIB OQIMLAR
Barcha dinlarda mavjud bo‘lgan mutaassiblik kayfiya tidagi ayrim guruhlar 
dunyoviylikni go‘yoki «dahriylik», «dindan chiqish» deb talqin qilishga hara-
kat qiladilar. Ular ning da’volariga ko‘ra, dunyoviy shaxs go‘yo yaratganning 
buyruqlarini, muqaddas kitoblarni inkor etadi. Bu kabi toifalar dunyoviy ilm-
fan, madaniyat va san’atni mutloq inkor etishni go‘yoki din ko‘rsatmasi dara-
jasiga ko‘taradilar. Aslida esa, sof diniy ta’limotga ko‘ra, insonlar manfaatiga 
xizmat qiladigan ilmning har qanday turi savobli amallardan sanaladi.
Din nomidan jaholatni targ‘ib etishga misol tariqasida o‘rta asrlarda Yev-
ropadagi inkvizitsiya sudlarida cherkov nomidan ilm-fan sohalarida yangi-


135
Islom ta’li­
motiga ko‘ra, 
salom berish va 
alik olish katta 
savobli amallar­
dan hisoblanadi. 
Hadisi sharifda 
shunday deyi­
ladi: «Salom 
Allohning yerda­
gi ismlaridan 
biridir. Bir­bir­
laringiz bilan 
salomlashib 
yuring lar».
liklarni ochgan kashfiyot chilarning turli jazolarga tor-
tilishi, olimlarning ta’qib qili nishini keltirish mumkin. 
Boshqa dinlar doirasida ham bunday holatlar kuzatilib 
turadi.
Mamlakatimiz aholisining qariyb 90 foizi e’tiqod qi-
ladigan islom dinida dunyoviylik va diniylik chegarala-
ri belgilanmagan. Islom ta’limotiga ko‘ra, insonlar ning 
dini, joni, nasabi, aqli va moliga foyda keltiradigan har 
qanday amal diniy jihatdan ham ma’qullangan, savobli 
ish hisoblanadi. Ma salan, kishilarning og‘irini yengil qi-
lish maqsadida texnik vositalarni, tibbiy yoki kimyoviy 
moddalarni kashf etish, dehqonchilikda yangi uslublarni 
qo‘llash kabi ishlar uchun ham kishi ikki dunyoda ajr va 
mukofotlar oladi. Ayni damda, insonlar zarariga xizmat 
qiladigan, g‘arazli maqsadlarda kashfi yotlarni amalga 
oshirish gunoh deb topiladi.
Mazkur tamoyillarga asoslangan holda o‘rta asrlar-
da islom olamidan fanlarning barcha sohalari bo‘yicha 
yetuk, qomusiy allomalar yetishib chiqqan. Din olimlari 
ham ularni «kufr» yoki dinbuzarlikda ayblamaganlar.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling