Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJODIY FAOLIYAT
ISLOM DINI VA DUNYOVIYLIK
Islom dinida dunyoviylikka dinga yot tushuncha sifa- tida qaralmaydi. Islom dinining muqaddas manbalari — Qur’oni karim va hadislarda ham inson bu dunyosi uchun ham harakat qilishi kerakligi uqtiriladi. Qur’oni karimda aytilishicha, inson oxirat uchun xayrli ishlarni qilish bilan birga bu dunyodagi nasiba- sini ham unutmasligi lozim. Chunki kishida tanasi, oi- lasi, qo‘ni-qo‘shni, jamiyat, qo‘l ostidagilarining ham haqqi bor, har bir haqdorning haqqini ado etish kerak. Bu dunyo nasibasi oxirat amallari uchun ozuqa bo‘la- di, deyiladi. Inkvizitsiya 136 Shular bilan birga Qur’onda ko‘plab oyatlar dunyoviy masalalarni ham qamrab oladi. Misol tariqasida, Qur’ondagi eng katta oyat — «Baqara» surasi- ning 282-oyati ham aynan dunyoviy masala — qarz oldi-berdisi haqida bo‘lib, unda masalaning moddiy va ma’naviy jihatlariga e’tibor qaratilgan. Islom dinining payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) diniy masalalarda barchaga muallim bo‘lsa ham, dunyoviy ishlarda mutaxassislarning fikrlariga quloq tutar edi. Mashhur hadisi sharifda shunday deyiladi: «Payg‘ambar (s.a.v.) (xurmo) changlatayotgan bir qavmning oldidan o‘tayo- tib, buni qilmasangiz ham bo‘lave radi, dedilar. O‘sha yili hosil yomon chiqdi. U zot yana o‘shalarning oldilaridan o‘tayotib, xurmoingizga nima bo‘ldi? — deb so‘radilar. Ular, shundoq, shundoq, degan edingiz, deb aytdilar. U zot: «Sizlar dunyoyingiz ishini biluvchiroqsiz» dedilar». Ya’ni Rasulullohning ba’zi gaplari diniydan ko‘ra tajribaviy asosga yoki shaxsiy fikrga tayangan. Shuning uchun ham sahobalar Rasulullohning ba’zi buyruqlari borasida «Shaxsiy fikringizmi yoki Allohning amrimi?», deb so‘rar edilar. Shaxsiy fikri bo‘lsa, unda ba’zan boshqa afzalroq taklif ayta olardilar. Rasululloh (a.s.) yaxshi taklifni qabul qilib, o‘z fikrini o‘zgartirar, ya’ni shu dunyoviy soha mutaxassisining fikrini albatta inobatga olar edi. Rasululloh (a.s.)dan keyin chahoryorlar ham shu yo‘lni tutdilar. Hazra- ti Umar (r.a.): «Sizlarning yax shlaringiz u dunyo va bu dunyo uchun harakat IJODIY FAOLIYAT Matnni o‘qing, din va diniy e’tiqod butunlay rad etilsa, jamiyat uchun uning oqibati qanday bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qiling. «Dunyoviylik — bu dahriylik degani emas. Din va diniy e’tiqod butunlay rad etiladigan hayot qanday g‘ayriinsoniy ko‘rinishga ega ekanini biz ke chagi tariximiz misolida yaxshi bilamiz. Bunday mafkuraning xatarli tomoni shundaki, u necha asrlar davomida din negizida shakllangan, xalq hayotining ajralmas qismiga aylanib ketgan qadriyatlar — bu yozma yoki og‘zaki, mod diy yoki ma’naviy meros bo‘ladimi, axloq yoki an’analar bo‘ladimi, milliy du nyoqarash yoki turmush tarzi bo‘ladimi — bularning barchasini rad etadi». Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling