Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


DINIY ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

DINIY ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI
ALLOH (arab. «al-iloh» – ilohiy kuch, turkiy xalqlarda, xususan, o‘zbeklar- 
da – Tangri, fors-toj. – Xudo), Alloh – islom dinida butun mavjudotni yarat-
gan oliy ilohiy kuch; xudoning nomi. Odatda, Allohga taolo (ulug‘, oliy), 
taboraka va taolo, jalla jaloluhu, karim, buzurg, parvardigori olam kabi si-
fatlar qo‘shib aytiladi. 
ANAFEMA – cherkov a‘zoligidan quvilish, cherkovdagi eng oliy jazo.
AQIDA – arab tilida biron narsani bir-biriga bog‘lash ma’nosini anglatadi. Isti-
lohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.
ARON­KADESH (ibr. «Muqaddas sandiq») – sinagoga yoki ibodat uyida 
mavjud bo‘lib, unda «Tavrot» tumorlari saqlanadi. U masjiddagi «mehrob»-
ga o‘xshash vazifani bajaradi va kirish eshigining to‘g‘risida bo‘ladi.
ARVOH (ar.) – ruhning ko‘plik shakli.
ASH’ARIYLIK – islom dini sunniylik yo‘nalishidagi ikki aqidaviy maktab-
ning biri.
ATEIZM (grekcha atheos — xudosiz) – lug‘aviy ma’nosi Xudodan yuz o‘gi-
rish, Xudoni inkor etgan holda inson aql-idrok kuchini iqror etish demakdir.
BANU ISROIL («Isroil o‘g‘illari») – yahudiy xalqining nomlaridan biri. «Ib-
tido» kitobida keltirilishicha, bugungi kunda barcha yahudiylarga nisbatan 
ishlatiladigan «Isroil o‘g‘illari» nomi Ya’qub payg‘ambarga Xudo tomoni-
dan berilgan.
BIBLIYA (yunoncha — «kitoblar») – yahudiylik va xristianlik dinlarining asosiy 
muqaddas manbasi. Yahudiylar «Bibliya»si «Kitve kadesh» va «Tanax» ham 
deb nomlanadi. Xristianlar tomonidan tan olinadigan Bibliya «Qadimgi Ahd» 
va «Yangi Ahd»dan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan tarkib topgan.
BUXORO YAHUDIYLARI – yahudiylikdagi etnokonfessional va etnolingvis-
tik jamoa.
DINIY BAG‘RIKENGLIK – xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilar-
ning bir zamin, bir Vatanda buyuk g‘oya va niyatlar yo‘lida hamjihat, ham-
kor bo‘lib yashashi, faoliyati. 
DINIY SEKTA – ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib 
chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan 
holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar. 


140
DINIY TASHKILOT — fuqarolarning dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm–ru-
sumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli 
birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, 
sinagogalar, monastirlar va boshqalar).

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling