138
tutsiyasida barcha fuqarolar uchun vijdon erkinligi
kafolatlandi. Yurtimizda diniy
tashkilotlar faoliyatining
huquqiy asoslari bilan birga davlat va dinning muno-
sabatlari ham belgilab berildi.
Shu bilan O‘zbekiston tarixida birinchi marta fuqa-
rolarning dinga o‘z
munosabatlarini, shunga muvofiq
ravishda e’tiqodini erkin belgilash va ifodalash, dinga
hech qanday to‘sqinliksiz
amal qilish va diniy maro-
simlarni bajarish huquqlarini kafolatlaydigan qonun qa-
bul qilindi. «Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj
qilish uchun borishi to‘g‘risida», «Diniy bayram «Qur-
bon hayit»ni dam olish kuni deb e’lon qilish haqida»,
«Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risi-
da», «Toshkent islom universitetini tashkil etish to‘g‘ri-
sida», «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-
si huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot
markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida», «O‘zbekis-
ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi
O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida» va boshqa bir qator Prezident
Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining
qarorlari bu so-
haga katta e’tibor berilayotganini ko‘rsatib turibdi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Dunyoviylik so‘zining mazmunini tushuntirib bering.
2. «Sekulyarizatsiya» tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
3. Mutaassib oqimlar tomonidan dunyoviylikning inkor etilishi sababi ni-
mada, deb o‘ylaysiz?
4. Islom dini manbalarida dunyoviylikka qanday munosabat bildirilgan?
5. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Karimovning
bugungi kunda diniy qadriyatlarni e’tiborga olmay ish tutish mumkin
emasligi haqidagi fikrlarini sharhlang.
1991-yil
14-iyunda va
1998-yil
1-mayda
yangi
tahrirdagi
«Vijdon
erkinligi va
diniy tashkilotlar
to‘g‘risida»gi
Qonun
qabul
qilindi.