Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

DINLARNI TASNIFLASH – dinlarni o‘rganishda ularning tarixi, e’tiqodiy 
asoslari, aqidalari, shuningdek, bir–biriga ta’siri kabi jihatlarini e’tiborga 
olish.
ESXATOLOGIYA – dunyoning oxiri, narigi dunyo, jannat, do‘zax haqidagi ta-
savvurlar majmuyi.
FAQIH – fiqh ilmining bilimdoni.
GUNOH (fors. — jinoyat, ayb; asli shu ma’nodagi arab. «junoh» so‘zidan olin-
gan) — shariat qonunlariga va diniy aqidalarga xilof ish yoki xatti-harakat. 
IBRONIY (ibr. «ever», «avar»narigi tomonning odami, kechib otgan) – 
yahudiylarning manbalardagi nomlaridan biri. «Ibroniy» atamasi Ibrohim 
(a.s.)ning Mesopotamiyadan Kan’onga ko‘chib o‘tish vaqtida yuzaga kel-
gan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ularning bunday nomlanishlariga 
balki daryoni kechib o‘tib kelganlari sabab bo‘lgandir.
INJILLASHTIRISH – missionerlik tashkilotlari tomonidan Injilni keng tarqa-
tish ma’nosida ishlatiladigan atama. Ba’zida bu so‘z missionerlikning sino-
nimi sifatida ham qabul qilinadi.
ISLAMOFOBIYA (arab. – islam, yunon. phobia — qo‘rqish, dahshatga tu-
shish) – islom dinini dahshatli suratlarda ko‘rsatish, barcha yomonlik va ji-
noyatlarni uning nomi bilan bog‘lab, aholi qatlamini islomdan qo‘rqitishga 
qaratilgan harakat.
JABROIL – Islom ta’limotida Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasida elchi vazi-
fasini bajaruvchi farishta.
KALOM – so‘z, nutq ma’nosini bildiradi. Aqida ilmining nomi.
KAROMAT – (arab. «karam» — ikrom etish fe’lning masdari bo‘lib, o‘zbek 
tiliga yaxshiliklar deb tarjima etiladi) asosan, tasavvuf istilohi sifatida ko‘p 
qo‘llanadi. Ularning pirovard maqsadi kishilarni yaxshilikka chaqirish, gu-
noh ishlardan tiyish, tavba qilishga chorlashdir. 


141
LAMA (Tibet. – eng ulug‘) – Tibet, Mo‘g‘uliston, Rossiya lamaistlarida Budda 
monaxi. Qalmiqlarda bu unvon faqat ruhoniylar boshlig‘iga beriladi. Din-
dorlar uni g‘ayritabiiy fazilatlarga ega va ilohiy olam bilan gaplasha oladi-
gan shaxs deb biladilar. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling