17
Fetishizm. Zamonaviy dinlarda fetishizm tabarruk
buyumlarni tavof qilish tarzida, jumladan, xristianlar-
da — xoch, ikonalar, mayitga sig‘inish, buddizmda –
tabarruk o‘g‘ir yoki hovoncha tarzida saqlanib qolgan.
Irim-sirimga ishonadigan
odamlar orasida tumor baxt
keltiradi, ko‘zmunchoq esa yomon ko‘zdan asraydi, de-
gan ishonch mavjud bo‘lgan. Taqa, tumor, bo‘yin taqin-
IJODIY FAOLIYAT
O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasidan animizm, totemizm, fetishizm,
shomonlik, sehrgarlik tushunchalarining lug‘aviy mazmunini toping. Ular-
ning har biriga misollar keltiring.
TARIXGA NAZAR
Farg‘ona vodiysining So‘x qishlog‘idan topilgan va miloddan avval-
gi II mingyillikka oid tashqi ko‘rinishidan o‘qilonga o‘xshash
tosh tumor
O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda.
Ho‘kizga qadimdan kuch-qudrat, mahsuldorlik timsoli sifatida qaralgan.
Ba’zi arxeologik yodgorliklardan tutqichi qo‘y
shaklida ishlangan idishlar
topilgan. Qadimgi mahalliy xalqlarda yuqoridagi hayvonlarni ulug‘lash odati
ancha keng tarqalgan.
18
chog‘i (kulon) kabi narsalar
zamonaviy fetishlarga mi-
sol bo‘ladi.
Shamanizm (shomonlik). Boshqa millatlarda
bo‘lgani singari, Markaziy
Osiyo xalqlarida ham sha-
manizm turli ko‘rinishlarda kuzatiladi. Folbinlik, rom
ochish, issiq-sovuq qilish, ilgirlik kabilarni shamanizm
belgilari sifatida keltiriladi.
Bugungi kunda ham ba’zan biror narsasini yo‘qot-
gan kishi folbinga borish holatlari uchraydi. Shuning-
dek, sehr yo‘li bilan birovga foyda yoki zarar yetkazish-
ga urinish amaliyoti ham kuzatiladi. Markaziy
Osiyo
xalqlarida ba’zan biror kimsa uzoq vaqt kasal bo‘lsa,
unga sog‘ayishning birdan-bir yo‘li – ruhlar bilan mu-
loqotga
kirishish, deb uqtiradilar. Bunday kishilar xalq
orasida «odamli» deyiladi. Ammo
unutmaslik kerakki,
ko‘pincha, bunday hollar sodda odamlarni aldash uchun
o‘ylab chiqarilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: