Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
MARKAZIY OSIYOGA YAHUDIYLIK DININING
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanax
- «Buxoro yahudiylari»
MARKAZIY OSIYOGA YAHUDIYLIK DININING
KIRIB KELISHI VA RIVOJLANISHI Miloddan avvalgi VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Is- roilni tark etib, Misr, Eron kabi o‘lkalardan boshpana topdilar. Markaziy Osiyoga yahudiylar So‘g‘diyona davlati davrida, ya’ni miloddan avvalgi II asrda ki- rib kelganlar. Ular Eron orqali Marvga kelib, u yerdan Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarga tarqaldilar. Tadqiqotchilar ularning bu yerga ko‘chib kelib, joy- lashishlarini «Buyuk Ipak yo‘li» faoliyati bilan bog‘lay- dilar. Yahudiylarning bo‘yoqchilik bo‘yicha mutaxassis bo‘lganlari ularning xomashyo manbalariga yaqinroq mintaqalarga o‘rnashishlariga sabab bo‘lgan. Tanax birlamchi manba bo‘lib, u Tavrot (Tora), Payg‘ambarlar (Neviim) va Kitoblar (Xetuvim) deb ata luvchi uch bo‘limdan iborat. Talmud (ibroniycha — «o‘r ga nish») Tavrotning shar hi sifatida e’tirof eti la di. Isroilliklar Misrda. Buyuk Ipak yo‘li. 23 Markaziy Osiyoda milodiy IX–X asrlarda yahudiy jamoalari ko‘p sonli va erkin bo‘lganlar. Ulardan faqat urushga yaroqli bo‘lgan erkaklargina jizya solig‘ini to‘laganlar. Yig‘ilgan soliqlarning faqat yarmi davlat xa- zinasiga topshirilgan, qolgan qismi esa jamoa boshlig‘i ixtiyorida qolgan. Yahudiylarning Markaziy Osiyoda yashaganliklari- ga guvohlik beruvchi arxeologik topilmalar ilk bor tadqiqotchi tomonidan 1954-yili Turkmanistonning Marv va Bayramali shaharlaridan topilgan. Bular qadim gi sinagoga qoldiqlari, yahudiy yozuvida yozilgan sopol buyumlardir. Topilmalar Yunon-Baqtriya va Par- fiya davlatlari hukmronlik qilgan miloddan avvalgi II – milodiy I asrlarga tegishli bo‘lgan. IX–X asrlarda Markaziy Osiyoda karaimlar deb atala digan yahudiy sektasi paydo bo‘ladi. Bu oqim ta- rafdorlari faqat Torani (Tavrotni) tan olar, Talmudni esa inkor qilar edilar. Ular mahalliy yahudiylarni kashrut (ruxsat etilgan ovqatlarnigina ye yish) qoidasini bu- zish, yerli aholi bilan aralashib ketish va yahudiy dinini bid’atlar bilan buzishda ayblay boshladilar. Toshkentdagi Ash kenazi sinagogasi (1930yilda yopil gan, 1966yilda yer qimirlaganda buzilib ketgan). Karaimlar milliy kiyimi. 24 XIII asr boshiga kelib qadimgi yahudiy jamoala- ri ham inqirozga uchradi. Saqlanib qolgan kam son- li yahudiylar Buxoro va uning atroflarida yashaganlar. Mo‘g‘ullar davrida esa Xorazmda yahudiylarning bir shaharda 100 uydan oshiq bo‘lishlari taqiqlangan edi. Amir Temur va temuriylar davrida Movaroun- nahr minta qasiga Erondan ko‘pgina yahudiy jamoala- ri ko‘chi rib keltirilgan. Ularning bir qismi Buxoroda yashagan. XVIII asrning boshlarida yahudiylar Eron, Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketdi. XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo yahu- diylari Buxoro amirligi hududlarida yashaganliklari tu- fayli «Buxoro yahudiylari» nomi bilan tanilgan bo‘lsa- lar-da, ularning asosiy qismi Samarqandda yashagan. XIX asrga kelib yahudiylar Markaziy Osiyoning Qarshi, Marv, Xatirchi, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Kar- mana, Marg‘ilon, Dushanba shaharlarida bir mavzega jam bo‘lib umr kechirganlar. 1932-yilda Samarqandda yahudiylar teatri tashkil qilingan. 1940-yilgacha Markaziy Osiyoda yahudiylar- ning ivrit tilidagi maktablari, davriy va maxsus nashrlari mavjud bo‘lgan. Sovetlar davrining keyingi yillarida yahudiy tilida o‘qitish va madaniy faoliyat yuritish to‘xtatilgan. Lekin yahudiylik yagona millatga xos din bo‘lganligi sabab- Yahudiy maktabi. (Samarqand, XX asrning boshlari) Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling