28
Ibodat vaqtidagi eng
muhim lahza va uning asosiy
shartlaridan biri «Tavrot» o‘ramalarining tugunlar ichi-
dan chiqarilishi va ruhoniy tomonidan baland ovozda
o‘qilishidir. Yahudiylarda faqatgina sinagogada emas,
uyda ham ibodat qilinadi.
Uylarda kirish eshigining yuqorisida «mezuza» deb
nomlangan, uzun bir quvur ichiga o‘rama holida qo‘yil-
gan «Tavrot» jumlalari yozilgan bo‘ladi. Uyga
kirish
va chiqishda yahudiylar «mezuza»ga qo‘l tekkizib, bar-
moqlarini o‘padilar. Yahudiylar «mezuza» ularni yo-
vuz ruhlar yomonligidan saqlaydi, deb e’tiqod qiladilar.
Uyda olib boriladigan ibodat vaqtida bosh kiyim kiyilib,
yelkaga esa chakmon (tales) tashlanadi. Duolarning eng
muhimi sanalgan 16 tasi tik turgan holda aytiladi. Bosh-
qalarini o‘qiyotganda tiz cho‘kish, vujudni tebratib turi-
sh kabi harakatlar qilinadi.
Sinagogalarda, albatta, uch unsur joy olishi shart. Bu
Aron Kodesh, Ner Tamid va Bimadir. Quddusga yo‘nal-
gan muqaddas sandiq (shkaf) — Aron
Kodesh ichida
«Tavrot» tumorlari saqlanuvchi maxsus joy bo‘lib, u
masjiddagi «mehrob»ga o‘xshash vazifani bajaradi va
kirish eshigining to‘g‘risida bo‘ladi.
«Mezuza»
Sinagoga (yun. «jamlanish»; ibr. — «beyt kneset» — «jamla-
nish uyi»)da ibodatlar kamida o‘nta balog‘atga yetgan erkak kishi
to‘planganda o‘tkaziladi.
«Tavrot»da jannat «Adan»
nomi bilan atalib, uning sifatlari bayon
qilingan.
Yahudiylikda ibodat — «avoda she-ba-lev» ibroniycha «Qalb
xizmati» degan ma’noni anglatadi.
29
Ner Tamid — (ibr. «abadiy shamchiroq») sinagogada «Tavrot»
solingan sandiq ro‘parasida joylashgan bo‘lib, doimo yonib turuv-
chi shamchiroqdir. Singogalarda Ner Tamid
Menorani eslatib turuv-
chi ramz sifatida qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: