34
rof etadilar. Masalan, farishtalar —
muqaddas mavju-
dotlar, «Osmon o‘g‘illari», amalga oshiradigan ishlariga
qarab «Nurlar qiroli», «Zulmat farishtasi», «Ozodlik
farishtasi», «Mastemah (shayton)», «Saqlovchi farishta-
lar» kabi sinflarga ajratiladi.
Ularning ta’limotiga ko‘ra,
inson vafot etgandan
so‘ng uning ruhi osmonga ko‘tarilib, yaxshi ruhlar aba-
diy baxtli hayot kechiradilar,
yomon ruhlar esa, qahra-
ton sovuqda azoblanadilar.
XVIII asrning birinchi choragida yuzaga kelgan
ha-
sidiylik (ibr. — «dindorlar») o‘rta
asr oqimlar ichida
alohida o‘rinni egallaydi. Bu ta’limot tarafdorlari din-
ning mohiyatiga aql bilan emas, balki his-tuyg‘ular
orqali erishiladi, degan tamoyildan kelib chiqib, din
qonunlarini o‘rganishni emas,
balki diniy hissiyot va
axloqni birinchi o‘ringa qo‘yishadi.
Hasidiylar shanba va bayram kunlari «shtrayml»
nomli telpak kiyishlari bilan boshqa oqimlardan ajralib
turadi.
Hasidiylar hayotning barcha jabhalarida axloq nor-
malarga
qattiq rioya etib, «Tavrot»da belgilangan
buyruqlarni bekam-ko‘st bajarishga harakat qiladilar.
Hasidiylik
oqimidagi
yahudiylar
«shtrayml»
telpaklarda
Essaniylar
uylarining
qoldiqlari