Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

YAHUDIYLIK TA’LIMOTI 
Yahudiylik ta’limoti Xudo tomonidan Musoga nozil 
qilingan O‘n amrga rioya etishga asoslanadi. Ular ning 
e’tiqodiga ko‘ra, O‘n amr Muso payg‘ambarga Sinay 
(Tur) tog‘ida ikki marta tushirilgan. 
Yahudiylikda aytilishicha, Muso o‘z qavmining 
qo‘lda yasalgan buzoqqa sig‘inayotganini ko‘rib, bun-
dan g‘azab lanib ketadi va Xudoning amrlari yozilgan 
lavhalarni sindirib tashlaydi, shundan keyin Xudo quyi-
dagi O‘n amrni qayta tushirgan.
1. Dunyoni yaratgan, yakka-yu yagona Yahvedan 
boshqa iloh yo‘qligiga imon keltirish.
2. Yahvedan boshqaga ibodat qilmaslik.
3. Xudoning nomini bo‘lar-bo‘lmasga tilga olaver-
maslik.
4. Shanba kunini muqaddas bilish va shu kuni dam 
olish.
IJODIY FAOLIYAT
O‘n amrda berilgan qoidalarni axloq qoidalari bilan bog‘lab tushuntiring.
Muso O‘n amrni 
olmoqda.


27
5. Ota-onani hurmat qilish.
6. Qotillik qilmaslik.
7. Zino qilmaslik.
8. O‘g‘rilik qilmaslik.
9. O‘z yaqinlari (yahudiylar) haqqiga yolg‘on gu-
vohlik bermaslik.
10. O‘z yaqinlari uyiga, ayoliga, quliga, hayvonla-
riga, umuman, unga tegishli bo‘lgan narsalarga 
ko‘z olaytirmaslik.
Mazkur amrlar yahudiylarning muqaddas manbasi 
hisoblangan Tavrot (Tora) kitobida keltirilgan. Tavrot 
Musoga tegishli bo‘lgan besh kitobni o‘z ichiga oladi:
1) «Borliq» yoki «Ibtido»;
2) «Chiqish»;
3) «Levit»;
4) «Sonlar»;
5) «Ikkinchi qonun».
Tavrot matni ibriy va aramey (eski yahudiy) tillarida 
yozilgan. Unda Isroil xalqining tarixi bayon qilingan.
IBODAT VA MAROSIMLAR
Yahudiylikda ibodat tong, peshin va shom paytida 
qilinadigan kundalik hamda shanba kuni sinagogada 
bo‘lib o‘tadigan haftalik ibodat shakllariga bo‘linadi. 
Haftalik ibodat (Shabat-Sabt) juma kuni Quyoshning 
botishi bilan boshlanadi va shanba kuni nihoyasiga 
yetadi. 
Shanba kuni olov yoqish, ishlash, hatto transport-
dan foydalanish ham taqiqlanadi. Yahudiylik ta’limo-
tiga ko‘ra, Xudo olamni olti kunda yaratib, yettinchi 
kuni dam olgan. Shuning uchun ham, yahudiylar hafta-
ning yettinchi kuni — shanbani dam olish va ibodatga 
bag‘ishlaydilar.
Talmud

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling