Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUDDAVIYLIK TA’LIMOTI 9-§ FAOLLASHTIRISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
- BUDDAVIYLIKDA MUQADDAS MATNLAR
MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Milodning I–III asrlarida O‘zbekistonning janubida qaysi davlat fao- liyat yuritgan? 2. Bu davrda qaysi podshoh hukmronlik qilgan? 3. Nima uchun buddaviylik davlat diniga aylangan? 4. Berilgan rasmlar asosida o‘sha davrda davlatning buddaviylik diniga bo‘lgan munosabatini tushuntirishga harakat qiling. 5. A. Ziyoning «O‘zbek davlatchiligining shakllanishi» kitobidan Kushon imperiyasi va buddaviylik dini haqidagi ma’lumotlarni toping. Bodxisatva, Fayoztepa, mil. I–II asrlar Shoh Xuvishka davriga oid tanga 42 BUDDAVIYLIK TA’LIMOTI 9-§ FAOLLASHTIRISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Birorta dinning jahon diniga aylanishiga nimalar sabab bo‘lishi mumkin? 2. Buddaviylik ta’limoti nima sababdan jahon bo‘ylab keng tarqalgan? 3. Siz tomosha qilgan badiiy filmlar orasida budda rohiblari haqidagilari bormi? Rohiblarning xulq-odobi va axloq me’yorlariga rioya qilishlari haqida fikr yuriting. Har bir millatning Budda ta’limotini o‘z tilida o‘qib-o‘rganishi mumkinligi buddaviylikning turli hu- dudlarga tarqalishiga zamin yaratgan. Milodning birin- chi asrida buddaviylik butunlay boshqacha tus oladi. Budda ilohiylashtirilib, xudo darajasiga ko‘tariladi va unga sig‘ina boshlanadi. BUDDAVIYLIKDA MUQADDAS MATNLAR Buddaviylikning muqaddas manbasi «Tripitaka» (sanskritcha «Uch savat donolik») uchta katta bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘lim – «Vinaya-pitaka» (sanskrit- cha – «Axloqiy me’yorlar kitobi») buddaviylar jamoasi «sangxa» tarkibiga kirish tartibi, rohiblarning xulq-atvo- ri hamda diniy ko‘rsatmalarga rioya qilish qonun-qoida- lari va unga amal qilinmagan taqdirda beriladigan jazo- lar tavsifini o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bo‘lim – «Sutta-pitaka» (sanskritcha – «Duolar kitobi») hajm jihatdan eng kattasi hisoblanadi. Unda, asosan, «to‘rt asl haqiqat» haqida so‘z yuritiladi. Budda ta’limoti shogirdlari tilidan masal, suhbat, na- Bodxisatva, Dalvarzintepa. III asr 43 sihat, afsona, hikmatli so‘z, dostonlar shaklida bayon etilgan. Shuningdek, ushbu bo‘limda Budda jamoa- si («sangxa»)ning tuzilishi va uning shogirdlariga oid ma’lumotlar ham keltiriladi. Uchinchi bo‘lim – «Abxidxarma-pitaka» (sanskrit- cha – «Diniy-falsafiy masalalar kitobi»)da diniy ta’li- motning asosiy qoidalari ifodalanib, buddaviylik ama- liyotining falsafiy mazmun-mohiyati ochib berilgan. Matn yozilish uslubi va tili murakkabligi uchun budda- viy rohiblar ularni faqat ustozlaridan ta’lim olish yo‘li bilan o‘zlashtirganlar. «Tripitaka» matnlariga vaqt o‘tishi bilan o‘zgartish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan. Bunday o‘zgarish- lar buddaviylikda o‘ziga xos yo‘nalishlar paydo bo‘li- shiga zamin yaratgan. «Tripitaka»ning ilk matni sanskrit tilida yozilgan bo‘lsa ham, vaqt o‘tib asl matnlar yo‘qolib ketgani uchun faqat tibet, xitoy va yapon tillariga tarjima qi- lingan namunalari saqlanib qolgan. Mazmunan «veda» (sanskritcha – muqaddas bilim) va brahmanlik falsa- fiy qarashlaridan xoli bo‘lgan buddaviylik manbalari, o‘zining ommabop uslubdagi talqini bilan oddiy xalqqa tushunarli bo‘lgan. Masalan, «mahayana» aynan shu xu- susiyati tufayli buddaviylikni Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoga yoyilishini ta’minlay olgan. Milodning birinchi asridan boshlab buddaviylik Xitoy, Koreya, Yaponiya Shri-Lanka, Birma, Tayland, Vetnam, Kambodja, Laos sarhadlarigacha yetib borgan. «Nirvana» san skrit cha — «so‘lish», «o‘chish», «rupaloka» san skritcha — «jannat», «kamaloka» san skritcha — «do‘zax», «eng quyi olam»dir. «Tripitaka» sanskritcha — «Uch savat donolik» demakdir. Budda bilim orqali azob uqubatlardan qutulish mumkinligini uqtirgan. Buddaviy donishmandlar fikricha, har bir inson juda ko‘p ezgu va yaxshi ishlar qilish orqali Buddaga aylanishi mumkin. Buddaviylik dinining ramzi «Dharmachakra». U «Qonun g‘ildiragi» deb ham nomlanadi. 44 Buddaning 84 mingta nasihati 108 jilddan iborat «Kangyur»da, uning talqin va tafsiri 225 jilddan iborat «Tengyur» kitoblarida aks etgan. Shuningdek, Budda- ning hayotiga bag‘ishlangan va milodning II asrida yo- zilgan «Maxavosu», milodning II–III asrlarida yozilgan «Lalitavistara» («Buddaning hayoti»), buddaviy faylasuf Ashvagxosha tomonidan milodning I–II asrlarida yaratil- gan «Buddxacharita», milodning I asrida yozilgan «Ab- nixishkramansutra» va «Nidanakatxa», «Dhammapada» («Dharma yo‘li», «Buddaning fikr-g‘oyalari») kabi asar- lar buddaviylikning muhim manbalaridan hisoblanadi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling