Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Dzen buddizm V–VI asrlarda Xitoyda paydo 
bo‘lgan mahayana yo‘nalishidagi maktab lardan 
biridir. Uning asoschisi afsonaviy rohib Bo-
dxidxarma hisoblanadi. «Dzen» (lotincha – medi-
tatsiya, fikrni jamlash, diqqat bilan mushohada qi-
lish) buddizmning asosiy xususiyatlari shundaki, 
unda nazariyadan ko‘ra amaliyotga, diniy o‘git va 
qonun-qoidalarni yodlash o‘rniga mushohada qi-
lishga alohida e’tibor berilgan. 
Dzen buddistlar jismoniy mehnat qilish, san’at turi 
bilan shug‘ullanishga katta ahamiyat beradilar. Dzen 
buddizmda tashqi olamdan uzilib, abadiy tashvishlardan 
chetlanish va fikrni bir nuqtaga jamlashga alohida e’ti-
bor beriladi.
Hozir dunyo bo‘yicha dzen buddistlar 10 milliondan 
ortiq, ularning 85 foizi Yaponiyada yashaydi. Yapo-
niyada dzen ibodatxonalari diniy, siyosiy va madaniy 
markazga aylanib, yoshlar tafakkuri, turmush tarzi, fao-
liyatiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, dzen san’ati 
Xitoy va Yaponiya madaniyati an’analaridan biriga ay-
langan.
Lamaizm (tibetcha — eng ulug‘) VII–XIV asrlarda 
Tibetda mahayana yo‘nalishi ta’sirida vujudga kelgan. 
«Kang‘yur» va «Teng‘yur»da bayon qilingan barcha 
qonun-qoida va talablar lamaizm e’tiqodining asosini 
tashkil etadi. Lamaizm ta’limotiga ko‘ra, inson faqat la-
malar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, 
ularning yordamisiz oddiy kishilar jannatga tusha ol-
maydi.
Buddaning Yer yuziga yana qaytishi va dunyoda ado-
lat o‘rnatishiga ishonch lamaizm ta’limotida muhim 
Budda rohiblar 
bilan.
Fayoztepa.
Mil. I — II asrlar.
Kamchilik va 
nuqsonlaringni 
ko‘rsatib, 
seni koyigan 
donishmandning 
etagidan 
mahkam tut. 
Zero, u zot 
xazinaga 
eltayotgan 
yo‘lboshchiga 
o‘xshaydi va 
sen sira kam 
bo‘lmaysan.
Budda 


47
o‘rin egallaydi. Xudolarning Yerdagi vakili hisoblangan 
lamalarga va dunyoviy hokimiyatga so‘zsiz bo‘ysunish, 
ibodat va rasm-rusumlarni dabdabali o‘tkazish, muqad-
das kitoblar talqinini teatrlashtirilgan tomoshalarda aks 
ettirish lamaizmga xos xususiyat hisoblanadi. Odam 
o‘ldirish, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, tuhmat, g‘iybat, be-
korchi so‘zlash, ochko‘zlik, kek saqlash, zino qilish la-
maizmda ham og‘ir gunoh sanaladi. 
«Lamaizm» tibetliklarning asosiy dini hisoblana-
di. Tibetda 3000 dan ortiq buddaviylik ibodatxonalari 
mavjud. Shuningdek, lamaizm Rossiyaning Buryatiya
Tuva, Oltoy kabi hududlarida ham keng tarqalgan.
Neobuddizm XX asrning 40–50-yillaridan boshlab 
keng tarqala boshlagan oqim bo‘lib, Birma, Tayland, 
Laos, Vetnam mahalliy ziyolilarining ozodlik va milliy 
uyg‘onish harakati bilan bog‘liqdir. Uning asosida yangi 
zamon talabiga javob bera oladigan bunyodkor g‘oya-
larni targ‘ib qilish kabi masalalar yotadi. Aql-idrokning 
ahamiyatsizligi, dinning najotkorligi e’tirof etilib, bud-
daviylik g‘oyalarini tushuntirishda bilish nazariyasi 
usullaridan foydalaniladi. Milliy ozodlik kurashida faol 
qatnashgan neobuddizm oqimi diniy-islohotchilik hara-
kati kuchayishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling