Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJODIY FAOLIYAT
- Arab geografi al-Kindiy
- Mitropoliyalar.
MARKAZIY OSIYODA ILK XRISTIANLAR
Xristianlik Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududiga ikki yo‘l bilan kirib kelgan. Birinchisi, xris- tian missionerlarining targ‘ibotchilik harakati bo‘lsa, ikkinchisi, mintaqaning Rossiya tomonidan bosib olini- shi va xristian diniga e’tiqod qiluvchi aholining ko‘plab ko‘chib kelishidir. III–V asrlarda xristianlik ko‘chmanchi turkiy qabila- lar orasida ham mashhur bo‘lgan. Ularni bu dinga yepis- kop Iliya da’vat qilgan — u «turkiylar apostoli» nomiga sazovor bo‘lgan. Xristianlikning Eron, keyinchalik Markaziy Osiyoda tarqalishi bu din vakillarining avval Vizantiya, keyin esa IJODIY FAOLIYAT Matnni o‘qing va o‘rta asrlarda diniy bag‘rikenglik tushunchasi haqida fikr bildiring. Xristianlar musulmon davlatlarida tabiblik bilan shug‘ullanib, yuqori la vozimlarda ham ishlaganlar. Mashhur nasroniy tabib Ali ibn Sahl Rabbaiy 808yilda tug‘ilgan, otasi Marv hokimining kotibi edi. Rabbayi faylasuf va matematik ham bo‘lib, Aflotunning «Almagest» asarini yunonchadan tarjima qilgan. Shundan so‘ng unga «Rabbaiy» — o‘qituvchi degan unvon berilgan. Arab geografi al-Kindiy Marv 51 Sosoniy hukmdorlar tomonidan tazyiq ostiga olinishlari bilan bog‘liq. Marvda IV asr boshlarida yepiskoplik, V asr boshida esa mitropoliya tashkil qilinadi. Turli ibodatxona va mo- nastirlar mitropoliyaning yaqin va uzoq hududlarida o‘z faoliyatini hech qanday qarshiliklarga uchramay davom ettiradi. Mitropoliyalar. Qadimgi So‘g‘dda xristianlik vakil- lari o‘zlarining dinlariga qarshiliklarsiz e’tiqod qilganlar va diniy marosimlarini erkin amalga oshirganlar. Bu esa mazkur mintaqada mahalliy aholiga diniy e’tiqod erkin- liklari yaratilganligini ko‘rsatadi. Masalan, bu davrda Urgutda xristianlar cherkovi, zardushtiylar va buddaviy- lar ibodatxonalari faoliyat yuritgan. VIII asrda Movarounnahr arab xalifaligi tarkibida bo‘lgan davrda musulmon jamiyatida xristianlar bosh- qa din vakillariga qaraganda ko‘proq imtiyozlarga ega bo‘lib, yuqori lavozimlarda faoliyat yuritganlar. X asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda islom dini keng tarqalgan bo‘lsa-da, Urgutdagi xristianlik cherkovi shu darajada rivojlanib ketadiki, arab geografi Abu Mu- hammad Qosim ibn Havqal uni yerga va turli xususiy mulkchilik shakllariga ega katta monastir (rohibxona) sifatida ta’riflaydi. Amir Temur davlatida ham diniy bag‘rikenglik muhi- ti saqlanib qolgan. Kastiliya elchisining guvohlik beri- Rossiya, 1930yillar XX asrning ikkinchi yarmida Samarqandning Registon maydonida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida xristian an’analari asosida dafn etilgan bir nechta qabr topildi. Pasdarg‘omda arxeologlar yog‘ochdan yasalgan tobutda kiyimlari va oltin xochi bilan dafn etilgan mayitni topishgan. O‘g‘rilik qilma, o‘z qo‘llaring bilan foydali mehnat qil va muhtojlarga yordam ber. Bibliya 52 shicha, Samarqandda turli din vakillari yashagan. Jiz- zax viloyatida — Vinkerd hududidagi g‘or devorlaridan xristianlik tarixiga oid Iso Masih go‘dakligi ifodalangan suratlar topilgan. XIX asrda xristianlarning Turkiston shimoliy hu- dudlariga kirib kelishi Chor Rossiyasi tomonidan o‘lka ning bosib olinishi bilan bog‘liq. Harbiy qo‘shin tarkibida ruhoniylar ham bo‘lgan. Askarlarning di- niy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ko‘chma ibodat- xo nalar tashkil etilgan. 1850-yilda Kopalda birinchi muqim ibodatxona bunyod qilingan. 1871-yilda rus im- peratorining Toshkent va Turkiston yeparxiyasini tash- kil etish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilingan. Dastlabki cherkovlarning ko‘pchiligi odmi bo‘lgan va qo‘ng‘iroq- lari ham bo‘lmagan. Xristianlarning ko‘payishi XIX asr oxirlaridan boshlab bir nechta o‘sha davr zamonaviy cherkovlaridan qolishmaydigan inshootlarning bunyod bo‘lishiga olib keldi. Markaziy Osiyoga katolik va protestant yo‘nalishi vakillarining kirib kelishiga birinchi jahon urushida asir- ga olingan nemis, polyak, eston, shved, litva, latish va boshqa yevropalik askarlarning Turkiston o‘lkasiga sur- gun qilinishi sabab bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, yevropalik 1917yildan keyin cherkovlarning molmulki musodara qilinishi Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling