64
nashri 2011–2016-yillarda olti marta qayta chop qilindi.
2013–2014-yillarda tafsirning 1 va 2-juzlari
rus tiliga
ham tarjima qilinib, bosmadan chiqdi.
Shayx Abdulaziz Mansur
tomonidan amalga oshirilgan
Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi va tafsiri «Tosh-
kent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi
tomonidan 2001, 2004, 2006, 2007, 2009, 2012, 2014,
2016-yillarda qayta-qayta nashr qilindi.
Ushbu asarning
boshqa tarjima-tafsirlardan o‘ziga xosligi shundaki, unda
Qur’oni karim ma’nolari arabcha matn atrofida o‘zbek
o‘quvchisiga o‘z ona tilida
ravon va tushunarli qilib, ke-
rakli izohlar bilangina cheklanib, iboralarning ta’sirchan-
ligiga katta e’tibor bergan holda taqdim etilgan.
Shamsiddinxon Boboxonov tomonidan tayyorlangan
Qur’oni karimning 30-porasiga qilingan tarjima mus-
taqillikning dastlabki yillarida xalqimiz qo‘liga yetib
bordi. Unda kishilarga yaxshi tanish bo‘lgan va ko‘p
o‘qiladigan suralar borligi hisobga olinib, 30-poraning
arabiy matni ham berilgan.
Toshkent Davlat Sharqshunoslik
instituti Abu
Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari marka-
zida professor Mutallib Usmonov mas’ul muharrirligi-
da Qur’oni karim o‘n besh porasining («Fotiha»
surasi-
dan «Isro» surasigacha) akademik tarjimasi tayyorlanib
nashr etilgan. Unda Qur’oni karimning nozil bo‘lish
davri tarixi ham qisqacha yoritilgan.
IJODIY FAOLIYAT
Mazkur matnni o‘qing. Matndagi «o‘z nafsining baxilligi» degan iborani
qanday tushundingiz? Nafsning baxilligidan qanday saqlanish mumkin deb
o‘ylaysiz?
«
Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar najot
topguvchi zotlardir».
Do'stlaringiz bilan baham: