Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Protestantlik
IJODIY FAOLIYAT
Matnni o‘qing. Berilgan tarixiy voqea asosida protestantlarning talab lari nimadan iborat ekanligi yuzasidan fikr bildirung. Praga universiteti professori Yan Gus (1369–1415) J. Viklif g‘oyalari dan ta’sirlanib, cherkov boyliklaridan voz kechishi kerakligini targ‘ib qildi. Cherkovga katta daromad keltiradigan va, Yan Gus fikriga ko‘ra, dindorlar ongini buzuvchi indulgensiyalarning sotilishiga qarshi chiqdi. Bu qarashlari uchun u 1415yilda Konstans sobori qaroriga binoan gulxanda kuydirildi. Pravoslav, katolik, va protestant cherkovi ruhoniylari Pasxa pishiriqlari 60 Protestantlik Yevropa mamlakatlarida katoliklikda kechayotgan jarayonlarga qarshi qaratilgan reformat- siya harakati natijasida vujudga kelgan. Reformator- lar katoliklik amallarini Injil ideallaridan qaytish deb talqin qiladilar. Oksford universiteti professori J. Viklif (1320–1384) Rim Papasining Angliyadan olinadigan soliqlariga qarshi chiqdi, ingliz cherkovining fuqarolar ishlari bo‘yicha Angliya qiroliga bo‘ysunishi lozimligi va Muqaddas kitobning cherkov rivoyatlaridan ustunligi to‘g‘risidagi g‘oyalarini ilgari surdi. Bu g‘oyalarni ing- liz kambag‘al ruhoniylari qo‘llab-quvvatladilar. Protestantlik dunyoviy kishilarni ruhoniylardan ajrat- maydi, bu ta’limotga ko‘ra, barcha dindorlar ruhoniy- dir. Sirli marosimlardan faqat cho‘qintirish va non bi- lan tamaddi qilishni tan oladi. Dindorlar Rim Papasiga bo‘ysunmaydilar. Ibodat va’z o‘qish, birgalashib ibodat qilish va diniy qo‘shiqlar (psalomlar) aytishdan iborat. Protestantlar Bibi Maryamning ilohiy ekanini tan ol- maydilar, tarkidunyochilik, go‘daklarni cho‘qintirish, ruhoniylar kiyadigan kiyimlar, ikonalarni rad etadilar. Yan Gus kuydirilgandan yuz yil keyin Germaniyada Vittenberg universiteti professori Martin Lyuter (1483– 1546) Protestantlar Cherkov asoslarini yaratadi. U ham indulgensiya sotilishini tanqid qiladi. M. Lyu ter di- niy-axloqiy jihatdan mehnatni qadrlash lozimligi g‘oya- sini ilgari surdi. Lyuterning fikricha, inson va Xudo o‘rtasida bevosita aloqa bo‘lishi mumkin. Lyuter ta’limoti protestantlikdagi yo‘nalishlardan biri — lyuteranlikka asos soldi. Bu ta’limotga ko‘ra, odamlar vijdon va tavba-tazarruni ongli ravishda va mun tazam nazorat qilishlari lozim. M. Lyuter tavba-ta- zarru uzoq davom etadigan jarayon ekanligini qayd eta- di. Lyute ranlar ta’limotiga ko‘ra, Papa o‘zi buyurgan Pravoslav cherkovi. Italiya M. Lyu ter cherkov eshiklariga 95 asosni qoqib qo‘ydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling