Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

AQIDAVIY TA’LIMOTLAR 
Islom dinida Alloh taolo, uning sifatlari, insonlarning 
taqdiri, qiyomat, jannat va do‘zax, gunoh va savob kabi 
aqidaviy masalalarni o‘rganuvchi fan «kalom ilmi» deb 
ataladi. Milodiy VIII–IX asrlarda musulmonlar orasi-
da yunon falsafasidan ta’sirlangan, Qur’on oyatlari va 
hadis larni noto‘g‘ri tushungan toifalar paydo bo‘ldi. 
Ular goh Allohni insonga o‘xshash tasvirlar, goh uning 
xususiyatlarini inkor etar, payg‘ambarlar, Qur’oni karim 
sha’niga noloyiq fikrlarni bildirar edilar. Mana shunday 
sharoitda sunniylik yo‘nalishi olimlari ayrim oqimlar-
ning buzg‘unchi g‘oyalariga bir qator raddiyalar bergan-
lar. Natijada moturidiya va ash’ariya ta’limotlari yuzaga 
kelgan. Sunniylik doirasida mazkur ikki yo‘nalish ham 
to‘g‘ri hisoblanadi. 
Moturidiya ta’limotiga movarounnahrlik olim, 
buyuk ajdodimiz Abu Mansur Moturidiy (870–944) asos 
solgan.
Moturidiy sof diniy aqida doirasidan chiqmagan hol-
da aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilim-
ning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.
Moturidiyga ko‘ra, inson hayotiy imtihonlar uchun 
yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan 
muvaffaqiyatli o‘tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng 
imkoniyatlar ham berilgan. Inson o‘z xatti-harakatlarini 
tanlashda ixtiyorlidir. 
Buyuk alloma o‘z qarashlari bilan hanafiylik ta’limo-
tining Markaziy Osiyo xalqlari an’analari, urf-odatla-
ri bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Eng 
Donishmand —
baqqol ning 
do‘koniga 
o‘xshaydi:
borini indamay­
gina ko‘rsatadi­ 
qo‘yadi, nodon 
esa lashkar 
nog‘orasining 
o‘zi: ovozi 
baland­u, ichi 
bo‘m­bo‘sh va 
g‘arib.
Sa’diy
Sheroziy
Moturidiya ta’limoti XI–XII asrlarda keng miqyosda rivojlangan. 
Ushbu davrlarda ta’limot nafaqat Movarounnahrda, barki Xuroson, 
Iroq, Misr va Shom o‘lkalariga ham tarqala boshlagan.
Abu Mansur
Moturidiy
maqbarasi


71

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling