Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

TASAVVUF VA TARIQATLAR
15-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Tasavvuf tushunchasi haqida nimalarni bilasiz?
2. Toshkent viloyatidagi «Zangi ota», Buxorodagi «Hazrat Naqshband» 
ziyoratgohlari kimlarning sharafiga qurilganini bilasizmi?
3. Axloqiy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
Tasavvuf tariqatlari. Ko‘pincha, tasavvuf yoki ta-
riqat deganda mashaqqatli hayot yo‘li, tarkidunyochilik 
qilish, zamonaviy fan yutuqlaridan voz kechish, mehnat 
qilmasdan faqat ibodat bilan shug‘ullanish, o‘zini-o‘zi 
qiynash ko‘z oldimizga keladi. Aslida ham shundaymi?
Aslini olganda tasavvufning chin mohiyati nafsni 
poklash, axloqni sayqallash, ma’naviy kamolotga eri-
shishdan iborat. Mazkur maqsadlarga erishish uchun 
olimlar tomonidan maxsus maktablar — tariqatlar tuzil-
gan.
«Tariqat» arab tilidagi so‘z bo‘lib, «yo‘l» ma’nosini 
ang latadi. Tasavvufda esa bu muayyan yo‘lboshlovchi 
(murshid, pir) tomonidan Qur’on va hadislar, sahobalar-
ning yo‘l-yo‘riqlari asosida ishlab chiqilgan ruhiy pokla-
nish yo‘li, metodi jamlanmasi hisoblanadi. Bugungi 
kunda tariqatlar soni ko‘p bo‘lib, ularning eng yiriklari 
Yassaviya, Kubraviya va Naqshbandiyadir. E’tiborlisi, 
ularning barchasi ona yurtimizda yuzaga kelgan.
Tasavvuf — 
islom axloqi 
bilan bezanish 
uchun kerakli 
bo‘lgan ilmlar-
ni o‘rgatadigan 
soha sanaladi. 
So‘fiy esa ta-
savvuf bilan 
shug‘ullanuvchi 
kishiga nisbatan 
ishlatiladigan 
atamadir. Ayni 
ma’noda yana 
«solik» so‘zi 
ham ishlatiladi.


73
Movarounnahrda tasavvuf yo‘nalishining vujudga 
kelishi shayx Abu Ya’qub Yusuf Hamadoniy (vaf. 1140–
41-y.) shaxsi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, XII asrda Marka-
ziy Osiyoda paydo bo‘lgan ilk tasavvufiy tariqatning 
asoschisi Xoja Ahmad Yassaviydir.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling