Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJODIY FAOLIYAT
- «naqsh- bandiya»
Naqshbandiylik XIV asrda Markaziy Osiyoda paydo
bo‘lgan tasavvufiy tariqatdir. Bahouddin Naqshband (1318–1389) — islom olami- ning eng mashhur avliyolaridan biri, Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bahouddin Naqshbandning asl ismi — Mu- hammad. Otasining ismi ham Muhammad bo‘lgan. Yosh ligida otasi bilan birga kimxobga naqsh solish hunari bilan shug‘ullangani uchun Naqshband laqabi bi- lan mashhur bo‘lgan. «Bahouddin» so‘zi «dinning nuri» degan ma’noni anglatadi. Naqshbandiylik ta’limoti asosida «Qalbing Allohda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘laversin», degan shior yotadi. Bahouddin Naqshband tasavvufdagi ilgarilari amalda bo‘lgan qattiq talablarni bir qadar yumshatdi va kundalik turmushga mosladi. 1221-yilning iyulida Chingizxonning lashkarboshilaridan biri Xu- laguxonga qarshi 76 yoshli Shayx Najmiddin Kubro xalq orasi- dan lashkar to‘playdi va Urganch qal’asini «Yo Vatan, yo shrofatli o‘lim» shiori ostida bir necha kun dushmandan saqlab turadi. Mazkur jang paytida shayx Najmiddin Kubro mo‘g‘ul bosqinchilari tomonidan vahshiyona o‘ldiriladi. IJODIY FAOLIYAT Mazkur hikmatni ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi tushunchasi bilan bog‘lang: «Qalbing Allohda bo‘lsinu, qo‘l ish bilan band bo‘laversin». Shayx Najmiddin Kubro maqbarasi 75 Bahouddin Naqsh band vafo- tidan bir asrcha vaqt o‘tganidan keyin Abdu- rahmon Jomiy (1414–1492) birinchi marta bu tariqatni «naqsh- bandiya» deb atay boshladi. Naqshbandiyada zohir (tashqi ko‘rinish) va botin (ichki olam) o‘zaro ajratilgan. Bu so‘fiylikni xalq ora- sida oshkor etmaslik, boshqalardan ajralib turmaslik, xilvatga chekinmaslik, mehnat qilib kun ko‘rishdan voz kechmaslik, oila, bola-chaqa boqish mas’uliyatini zim- maga olish, boshqalar (qul va cho‘rilar) mehnatidan foy- dalanmaslik kabi ezgu tartib-qoidalarga qat’iy amal qili- shni talab qiladi. Naqshbandiya tariqatining asosiy tarbiya usuli suh- batdir. Naqshbandiylar suhbatning foydasi ko‘p, suhbat orqali inson qalbiga kirib borish mumkin, deb hisobla- ganlar. Bu tariqat quyidagi to‘rt tamoyil asosiga quril- gan: 1) shariat bilan xulq-atvorni poklash; 2) tariqat bi- lan qalbni poklash; 3) haqiqat bilan Allohga yetishmoq; 4) ma’rifat bilan Allohga erishmoq. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tasavvuf ilmi sohiblarining nomlari abadiylashtirilib, ehtirom ko‘rsa- tildi. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p mamlakatlarida, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan to Avstraliya arxipe- lagigacha bo‘lgan hududda Bahouddin Naqshband va naqsh bandiya tariqati ma’lum va hurmatli maqomga Bahouddin Naqshband maqbarasi 76 ega. Chunki Bahouddin Naqshband, avvalo, islom dini shariati mezonlarini mahkam ushlagan va ularning buzilishiga yo‘l qo‘ymagan. Ikkinchidan, u chin insoniy g‘oyalar va fazilatlarni ilgari surgan, jamiyatning turli vakillari o‘rtasi- da futuvvat — javonmardlik rishtalari paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan. Mustaqillik yillarida diniy qadriyatlarni qayta tiklash jarayonida masjidlar, madrasalar va boshqa diniy tashkilotlar bilan bir qatorda tariqat vakillarining faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 2003-yili Abdulxoliq G‘ij- duvoniyning 900 yilligi nishonlangan bo‘lsa, 2018-yilda allomaning 915 yilligi nishonlanishi belgilangan. Xuddi shunday, 1993-yili Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlangan bo‘lsa, 2018-yilda 690 yillik yubileyi nishonlanadi. Bugungi kunda Buxorodagi Naqshband ziyoratgohida Bahoud- din Naqshband yodgorlik majmuasi markazi, “Naqshbandiya tariqati” muzeyi hamda “Naqshbandiya” jurnali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling