Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Yassaviya. Xoja Ahmad Yassaviy bugungi Qozog‘is-
tonning janubidagi Chimkent viloyati Sayram qish-
log‘ida dunyoga kelgan. Ba’zi manbalarga qaraganda, u 
Yassida (hozirgi Turkiston) tavallud topgan. 
Ahmad Yassaviy o‘zining «Devoni Hikmat» asari-
da ma’naviy poklanish, axloq, halollik, bag‘rikenglik 
g‘oya 
larini she’riy uslubda bayon qilgan. Yassaviy-
likning o‘ziga xos jihati oshkora uslubda zikr va duolar 
o‘qish, dunyo lazzatlaridan qisman voz kechishda aks 
etgan. Yassaviylikka xos xususiyatlar keyinchalik yuza-
ga kelgan ko‘plab tariqatlarda aks etgan.
Kubraviya — Yassaviylik bilan bir asrda yuzaga 
kelgan tariqatlardan biri. Bu tariqatning asoschisi — 
Shayx Najmiddin Kubro Xivaqiy (1145–1221). U Xo-
razmdagi Xivaq shahrida dunyoga kelgan. Shayx Naj-
middin Kubro kubraviya yoki «zahabiya» deb ataluv chi 
tariqatga asos solgan. Mazkur tariqatchilar orasida 
«xufiya» zikr qilish keng qo‘llangan. Uning eng mash-
hur asari «Usuli ashara» bo‘lib, u barcha tariqatlarga 
IJODIY FAOLIYAT
Tasavvufga berilgan ta’rifni o‘qing. ta’rifdagi «yomon axloqlar» deganda 
nimani tushunasiz? Nima uchun bunday yomon axloqlardan qutulish kerak 
deb o‘ylaysiz?
Tasavvuf — xuddi tibbiyot ilmi badan sog‘lig‘iga oid ma’lumotlarni 
o‘rgatganidek, tasavvuf ham qalbning, ruhning yomon axloqlardan xalos 
bo‘lishi yo‘llarini o‘rgatadi. 
Yassaviya ta-
riqatida Allohni 
tanish (ma’rifa-
tulloh), mutlaq 
javonmardlik, 
rostgo‘ylik, 
o‘zini Allohga 
topshirish (ta-
vakkul) va teran 
tafakkur muhim 
o‘rin tutadi.
Amir Temur qurdir­
gan Xoja Ahmad 
Yassaviy maqbarasi


74
o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Najmiddin Kubroning asarlari 
Eron, Kichik Osiyo va Hindistondagi tariqat muhitlariga 
kuchli ta’sir qilgan. Kubraviya ta’limoti mo‘g‘ullar isti-
losiga bardosh bergan ta’limotlardan biridir. Bu ta’limot 
mo‘g‘ul qabilalari va hukmdorlarining islom dinini qa-
bul qilishida katta ta’sir ko‘rsatgan.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling