88
Yurtimiz allomalari diniy bilimlar bo‘yicha
ham yetuk
darajaga erishganlar. Masalan, Ibn Sino,
Mahmud Za-
maxshariy, Forobiy, Beruniylar Qur’on, hadis, islom ta-
rixi va huquqshunosligi bo‘yicha ham asarlar yozganlar.
Musulmon olamidagi dastlabki o‘quv dargohla-
ri — madrasalar VIII asrning oxirlarida o‘sha davr-
dagi ilmiy-madaniy markazlar hisoblangan Buxoro,
Samarqand, Nasaf, Termiz, Xiva, Shosh (Toshkent),
Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarda faoliyat ko‘rsata
boshlagan.
Bunday ilm dargohlari o‘zining natijasini ko‘rsatib,
yurtimizdan buyuk mufassirlar va muhaddislar yetishib
chiqdilar.
O‘lkamizdan chiqqan
dastlabki muhaddislardan
biri mashhur olim
Abdulloh ibn Muborak Marvaziy
dir (736–798). Yana bir yurtdoshimiz,
yirik muhaddis
Imom Dorimiy (798–869) Samarqandda tavallud top-
gan. Allomaning eng mashhur asari «al-Musnad» bo‘lib,
bu asar «Sunan ad-Dorimiy» nomi bilan mashhur.
Muhammad (s.a.v.)ning olti yuz mingga yaqin ha-
dislarini
yodida saqlagan buyuk alloma Imom Buxoriy
Do'stlaringiz bilan baham: