Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Muhammad 
ibn Muso Xo­
razmiy algebra 
faniga asos soldi
ilmiy ma’lumot 
va traktatlarni 
bayon etishning 
aniq qoidalarini 
ishlab chiqdi, 
u astronomiya
geografiya va 
iqlim nazariyasi 
bo‘yicha ko‘plab 
ilmiy asarlar 
muallifidir. 


84
IJODIY FAOLIYAT
1. Quyida berilgan rasmlarga diqqat bilan qarang. O‘rta asrlarda ush-
bu chizmalarni chizish va tafakkur qilish uchun qanday bilimlarga ega 
bo‘lish kerak edi? 
2. 5-rasmdagi manzarani Buxorodagi Ulug‘bek madrasasining peshtoqiga 
yozilgan hikmat bilan izohlang.
3. Abu Ali ibn Sinoning XIV asrda Italiyada nashr etilgan «Tib qonunlari» 
kitobiga ishlangan gravyuraga qarab dunyo tibbiyot ilmning rivojlani-
shiga ibn Sino qo‘shgan hissasini ko‘rsating.
Qiblani aniqlash 
chizmasi. VIII asr.
Muhammad ibn Muso
Xorazmiy
Usturlobning bir qismi. 
X asr. Ibn Iroq
Siqib chiqarilgan suvning 
aniq hajmini aniqlash 
idishi XI asr. Beruniy
Tibbiyot anjomlari
XI asr 
Abu Ali ibn Sinoning 
XIV asrda Italiyada 
nashr etilgan «Tib 
qonunlari» kitobiga 
ishlangan gravyura
Ulug‘bek shogirdlari 
bilan. 
Miniatura, XVI asr


85
amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astrono-
miya fanlari rivojida keskin burilish yasadi. 
Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari 
umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat 
uning nomi va asarlari «algoritm» va «algebra» kabi 
zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi.
Sharq Uyg‘onish davri o‘ziga xos iqtisodiy, ijtimoiy, 
siyosiy, madaniy va ilmiy muhitni qamrab olganki, ush-
bu davrning «Uyg‘onish davri» deb atalishi ham aslo 
bejiz emas.
IX asrda Ahmad Farg‘oniy «Astronomiya asosla-
ri» asarida olamning tuzilishi, yerning o‘lchovi haqidagi 
dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘ri-
nishga ega ekanligiga dalillar keltiriladi. Kitob XVII asr-
ga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo‘yi-
cha asosiy darslik sifatida o‘qitilgan. Buyuk geografik 
kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayo-
hatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat 
qilgan. Ahmad Farg‘oniy o‘rta asrlardagi asosiy astrono-
mik asbob — usturlob nazariyasini ishlab chiqqan. Nil 
Ahmad Farg‘oniy tomonidan qurilgan Nil daryosida suv sathini o‘lchaydigan 
inshoot. Tashqi va ichki ko‘rinishi. IX asr
Abu Rayhon 
Beruniy Kolumb 
sayohatidan 500 
yil oldin Tinch 
va Atlantika 
okeanlari ortida 
qit’a mavjudligi 
haqidagi qarash­
ni ilgari surdi.
XI asr butun 
dunyodagi tabiiy 
fanlar tarix­
chilari tomoni­
dan «Beruniy 
asri» deb ataldi.


86
daryosida nilometr — suv sathini o‘lchaydigan asosiy vo-
sita sifatida qo‘llaniladigan mashhur inshootni yaratgan.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling