Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQL-ZAKOVAT BILAN BUNYOD ETILGAN BOY MA’NAVIYAT
- Muhammad ibn Muso Xorazmiy
YURTIMIZ MUTAFAKKIRLARINING
JAHON ILM-FAN RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI 17–18-§ FAOLLASHTIRISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. O‘rta asr ilm-fan rivoji bugungi kundagi qaysi fanlarning takomillashu- viga asos bo‘ldi? Bu o‘rinda yurtimiz mutafakkirlarining hissasi nima- lardan iborat edi? 2. Qanday sharoitda ilm-fan rivojlanadi? 3. Markaziy Osiyodan chiqqan olimlar qanday fan sohalarida faoliyat yu- ritganlar? 4. Islom ilmlari deganda nimani tushunasiz? AQL-ZAKOVAT BILAN BUNYOD ETILGAN BOY MA’NAVIYAT Yangi jamiyat va davlat qurishga qodir bo‘lgan avlod tafakkurining shakllanishida, millatning o‘zligini ang- lashida boy ilmiy, ma’naviy va madaniy merosimiz, mil- liy qadriyatlarimiz g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Davlatimizning qanchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quv- vatga to‘lishi, dunyo hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi, avvalambor, xalqimiz ma’naviy saviyasi, g‘ururi va faxri nechog‘liq yuksak bo‘lishiga bog‘liq. Asrlar davomida aql zakovat bilan bunyod etil- gan boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag‘rur yashadi, Manbalarda buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino 17 yoshida Nuh ibn Mansur (976-997-yillar)ni davolayotgan vaqtida «Dor ul- ulum» — «Bilimlar uyi» nomi bilan ham atalgan saroy kutubxona- sidan foydalangani haqida xabar beriladi. 83 mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Ana shu milliy ong, milliy g‘urur bugungi hayotimizning oltin poydevoridir. Bu poydevorga buyuk allomalarimiz Beruniy va Fo- robiy, Moturidiy, Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Xoraz- miy, Zamaxshariy, Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziy, Hakim Termiziy, Navoiy va Ulug‘bek kabi yuzlab ulug‘ zotlar asos solganlar. Islom dini tabiat ilmlari, psixologiya, tarix, geogra- fiya, sotsiologiya, biologiya, umuman, insoniyat uchun kerakli bo‘lgan har qanday ilmni o‘rganishni qo‘llab- quv vatlaydi. Islomning ilm-fanga ijobiy munosabati natijasida islom dunyosida o‘rta asrlarda ilm-fan keskin rivojlanib, butun jahon taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. IX–XII asrlar Islom renessansi davri — Imom Buxo- riy, Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Nasr Foro- biy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Burxonuddin Marg‘inoniylarning jahon ilmiga qo‘shgan ulkan xizmati davri Ma’mun akademiyasining Xorazmdagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi bosqichi — Temuriylar renessansi davri XIV–XVI asrlarga to‘g‘ri keladi. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzolarning ilm-fan, madaniyat rivojidagi xizmatlari beqiyosdir. Osiyoda IX–XII va XV asrlarda ro‘y bergan ilm-fan, falsafa, ada- biyot sohasidagi rivojlanish Yevropa renessansiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Zamonaviy matematika, trigonometriya va geogra- fiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan mash- hur alloma Muhammad ibn Muso Xorazmiydir. U o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab berdi va Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling