Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

YURTIMIZ MUTAFAKKIRLARINING 
JAHON ILM-FAN RIVOJIGA 
QO‘SHGAN HISSASI
17–18-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. O‘rta asr ilm-fan rivoji bugungi kundagi qaysi fanlarning takomillashu-
viga asos bo‘ldi? Bu o‘rinda yurtimiz mutafakkirlarining hissasi nima-
lardan iborat edi?
2. Qanday sharoitda ilm-fan rivojlanadi?
3. Markaziy Osiyodan chiqqan olimlar qanday fan sohalarida faoliyat yu-
ritganlar?
4. Islom ilmlari deganda nimani tushunasiz?
AQL-ZAKOVAT BILAN BUNYOD ETILGAN
BOY MA’NAVIYAT
Yangi jamiyat va davlat qurishga qodir bo‘lgan avlod 
tafakkurining shakllanishida, millatning o‘zligini ang-
lashida boy ilmiy, ma’naviy va madaniy merosimiz, mil-
liy qadriyatlarimiz g‘oyat muhim ahamiyatga ega. 
Davlatimizning qanchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quv-
vatga to‘lishi, dunyo hamjamiyatida o‘ziga munosib 
o‘rin egallashi, avvalambor, xalqimiz ma’naviy saviyasi
g‘ururi va faxri nechog‘liq yuksak bo‘lishiga bog‘liq.
Asrlar davomida aql zakovat bilan bunyod etil-
gan boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag‘rur yashadi, 
Manbalarda buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino 17 yoshida Nuh 
ibn Mansur (976-997-yillar)ni davolayotgan vaqtida «Dor ul- 
ulum» — «Bilimlar uyi» nomi bilan ham atalgan saroy kutubxona-
sidan foydalangani haqida xabar beriladi.


83
mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Ana shu 
milliy ong, milliy g‘urur bugungi hayotimizning oltin 
poydevoridir. 
Bu poydevorga buyuk allomalarimiz Beruniy va Fo-
robiy, Moturidiy, Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Xoraz-
miy, Zamaxshariy, Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziy
Hakim Termiziy, Navoiy va Ulug‘bek kabi yuzlab ulug‘ 
zotlar asos solganlar.
Islom dini tabiat ilmlari, psixologiya, tarix, geogra-
fiya, sotsiologiya, biologiya, umuman, insoniyat uchun 
kerakli bo‘lgan har qanday ilmni o‘rganishni qo‘llab-
quv vatlaydi.
Islomning ilm-fanga ijobiy munosabati natijasida 
islom dunyosida o‘rta asrlarda ilm-fan keskin rivojlanib, 
butun jahon taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. 
IX–XII asrlar Islom renessansi davri — Imom Buxo-
riy, Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Nasr Foro-
biy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Xorazmiy, 
Ahmad Farg‘oniy, Burxonuddin Marg‘inoniylarning 
jahon ilmiga qo‘shgan ulkan xizmati davri Ma’mun 
akademiyasining Xorazmdagi faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lsa, ikkinchi bosqichi — Temuriylar renessansi davri 
XIV–XVI asrlarga to‘g‘ri keladi. Amir Temur, Mirzo 
Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzolarning ilm-fan, 
madaniyat rivojidagi xizmatlari beqiyosdir. Osiyoda 
IX–XII va XV asrlarda ro‘y bergan ilm-fan, falsafa, ada-
biyot sohasidagi rivojlanish Yevropa renessansiga katta 
ta’sir ko‘rsatdi.
Zamonaviy matematika, trigonometriya va geogra-
fiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan mash-
hur alloma Muhammad ibn Muso Xorazmiydir. U 
o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisi va qutblar 
koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab berdi va 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling