Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Tasavvuf va tariqat so‘zlarining mazmunini aytib bering.
2. Movarounnahrda tasavvufning rivojlanishi qaysi allomaning nomi bi-
lan bog‘liq?
3. Yassaviylik tariqati haqida gapirib bering.
4. Kubraviylik tariqatining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?
5. Naqshbandiylik tariqatining asosiy shiori mazmunini tushuntirib be ring.
6. Berilgan matnni diqqat bilan o‘qing, Naqshbandiya tariqatining asosiy 
tarbiya usuli — suhbat usuli bilan bog‘lang. Suhbatlashish madaniyati-
ga asoslanib fikr bildirinig. Siz fikr bildirganingizda qanday qoidalarga 
amal qilasiz?
... tilingni yaxshi hunar bilan o‘rgatgil va muloyim so‘zdan boshqa narsani 
odat qilmagil. Nedinkim, tilga har nechuk so‘zni o‘rgatsang, shuni aytur, so‘zni 
o‘z joyida ishlatgil, so‘z agar yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin ishlatilsa, garchand 
u har nechuk yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon, nobop eshitilur. Shu ning uchun 
behuda so‘zlamagilki, foydasizdur. Bunday befoyda so‘z ziyon kelti rur va har 
so‘zki undan hunar isi kelmasa, bunday so‘zni gapirmaslik lozim.
Kaykovus, «Qobusnoma»


77
O‘ZBEKISTONDA DINIY BAG‘RIKENGLIK 
VA IJTIMOIY BARQARORLIK
16-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Berilgan rasmlarda xalqimizga xos qanday qadriyatlar uyg‘unlashgan?
2. Bag‘rikenglik deganda nimani tushunasiz?
3. Vatanimiz tarixidan bag‘rikenglik tamoyiliga oid ma’lumotlarni kel-
tiring.
4. Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining bag‘rikenglik qadriyati 
qanday namoyon bo‘ldi?
Bugun O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik borasida butun 
dunyoga namuna bo‘lmoqda. O‘zbekiston xalqiga xos ushbu fazilat uzoq va 
murakkab tarixiy jarayonlar natijasida yuzaga kelgan. Og‘ir sinovlarni boshi-
dan kechirgan turli e’tiqod vakillari qiyin vaqtlarda bir-birlarini qo‘llab-quv-
vatlab, o‘zaro yordam qo‘lini cho‘zganlar. O‘lkamiz tarixi turli din vakillari 
orasida diniy asosdagi nizolar chiqmaganligi bilan ajralib turadi.
Bundan deyarli 1,5 ming yil avval hozirgi Markaziy Osiyoni o‘z ichiga ol-
gan G‘arbiy turk hoqonligi davrida (552–576) o‘lkada ma’lum bo‘lgan barcha 


78
din vakillariga o‘z e’tiqodlarini amalga oshirish uchun 
keng yo‘l qo‘yib berilgan.
VIII asr boshida Movarounnahrga islom dini kirib 
keldi. Bunda yangi diniy e’tiqod va mahalliy urf-odat, 
an’analar birlashib, boshqa musulmon mamlakatlaridan 
farqli o‘ziga xos shaklni oldi. Keyinchalik shu o‘lka ula-
molari tomonidan keng rivojlantirilgan hanafiylik maz-
habi mazkur urf-odatlarning Qur’on va hadislarga mos 
qismini diniy manba sifatida qabul qildi. Natijada di-
niy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda «urf» fiqhiy man-
balardan biri bo‘lib qoldi.
Islom olamida kim musulmon, kim musulmon emas
degan tortishuvlar avj olgan bir paytda Markaziy Osiyo 
ulamolari islom dinini qabul qilib, o‘zini musulmon sa-
nagan kishini kofirlikda ayblash mumkin emas, degan 
qoidani islom dinining manbalari bilan asoslab berdilar. 
Islom dinining ushbu o‘lkada keng tarqalgan mazhabi 
hanafiylikning bosh aqidaviy tamoyillari ana shunday 
bag‘rikenglikka asoslangan. 
Imomi A’zam Abu Hanifa (699–767) tomonidan 
bosh 
langan bunday bag‘rikenglikning ilmiy-aqidaviy 
asoslari yurtimiz allomalaridan Imom Moturidiy (870–
944), Abul Muin Nasafiy (1046–1115) kabi zotlar tomo-
nidan davom ettirildi. Ular qoldirgan boy ilmiy meros 
asrlar osha musulmon mamlakatlar madrasalarida diniy 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling