Marg‘inoniy (1123–1197)dir. Uning «Hidoya» nomli
asari yaratilgan davridan to hozirgacha Sharq va G‘arb-
ning o‘quv yurtlarida islom shariatini o‘rganishda asosiy
asarlardan biri sifatida foydalaniladi.
O‘rta asrlarda faoliyat ko‘rsatgan mashhur olim
imom Abu Mansur Moturidiy (870–944) kalom ilmi da
yuksak darajaga erishganlardan biridir. Moturidiya ta’li-
moti uning nomi bilan bog‘liq. Abu Mansur Moturidiy
islom olamida «Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuv chi»
degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan.
Xorazm diyori ham islomiy ilmlar rivojlanishiga kat-
ta hissa qo‘shgan bo‘lib, bu diyordan yetishib chiqqan
allomalardan eng buyugi Mahmud Zamaxshariydir.
Jismoniy nogironligiga qaramasdan, bu zot ilm talabida
o‘z umrining aksar qismini uzoq mamlakatlardagi safar-
da, musofirchilikda o‘tkazdi. Makkada olti yilga yaqin
yashadi. Shu bois «Jorulloh» («Allohning qo‘shnisi»)
degan yuksak maqomga sazovor bo‘ldi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. «Tinchlik va barqarorlik ilm-fan taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi»,
degan iborani hayotiy misollar asosida sharhlab bering.
2. Ma’mun va Mirzo Ulug‘bek akademiyalarida faoliyat ko‘rsatgan
olimlar fanning qaysi sohalarida izlanishlar olib borgan edilar?
3. Temuriylar Renessansi davri — XIV–XVI asrlarda yashab ijod etgan
olimlarning ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot kabi fanlarning ri-
vojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’limot to‘plang.
Imom Buxoriy
dan: «Shuncha
Hadisni qanday
xotirangizda saq
lab qoldingiz?»
— deb so‘ra
ganlarida, «Men
barcha o‘rgan
gan ilmlarga
amal qildim»,
deb javob bergan
ekan.
91
Do'stlaringiz bilan baham: |