Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Abu Nasr ibn Iroq — «Ikkinchi Ptolomey» deb nom 
olgan buyuk alloma. Ibn Iroq fazoviy trigonometriya-
ning asoschisidir. U matematika va astronomiya sohasi-
dagi kashfiyotlari bilan shuhrat qozongan. 
Abu Rayhon Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy ishla-
ridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelgan. Beruniy dunyo 
ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va 
yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga 
xos yangi g‘oyalarni taklif etdi. Yer radiusini hisoblab 
chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi. 
Minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lishi nazariyasi-
ni ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi.
Abu Ali ibn Sino — «Islom olamining eng mashhur 
faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng 
buyuk mutafakkirlaridan biri» degan unvonga sazovor 
bo‘lgan. U ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshla-
gan. Umri davomida 450 dan ortiq asar yaratgan. Ibn Si-
noning tibbiyot va falsafa, mantiq, kimyo, fizika, astro-
nomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik 
sohalariga bag‘ishlangan asarlari dunyo olimlari tomo-
nidan e’tirof etilgan. Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo
Frensis Bekon va boshqa ko‘plab olimlar avlodi uning 
asarlarini o‘qib hayratga tushganlar.
Abu Ali ibn Si­
noning XV asrda 
Yevropada chop 
etilgan «Tib qo­
nunlari» kitobi
IJODIY FAOLIYAT
1. 2014-yil 15–16 may kunlari Samarqand shahrida qanday xalqaro anju-
man bo‘lib o‘tdi? Anjumanning maqsadi nimalardan iborat edi? 
2. Yurtimiz allomalarining dunyo ilm-fani ravnaqiga qo‘shgan hissalari 
haqida fikr bildiring. O‘sha davrda dunyoning boshqa mamlakatlaridagi 
ilm-fanga munosabat masalasiga ham e’tibor bering.


87
Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» deb atalgan bebaho fundamental asa-
ri hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Bu kitob Yevropada XV 
asrda chop etilgan tibbiyot sohasidagi dastlabki kitoblardan biridir. Qariyb 500 
yil davomida Yevropaning yetakchi universitetlarida tibbiyot ilmi ayni shu asar 
asosida o‘qitib kelingan. 
Islom ilm olish har bir erkag-u ayolga farz, deb ta’lim beradi. Har bir mu-
sulmon erkak va ayolni ilm olishga undaydi. Ilm olish va olimlarning fazilatla-
ri borasida ko‘plab hadislar keltirilgan. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling