Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Mitropolit Vladimir


80
ri ham davlatimizning bu siyosatini to‘g‘ri tushunib, 
qo‘llab-quvvatlamoqdalar. 
O‘zbekistonda din davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, 
e’tiqod erkinligini ta’minlash borasida davlatimiz to-
monidan tartibli va tizimli ravishda qator ishlar amal-
ga oshirilmoqda. Masalan, 2000-yilda — O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Tosh-
kent va O‘rta Osiyo Arxiyepiskopi Vladimir dinlararo 
bag‘rikeng 
likni mustahkamlash borasidagi xizmatlari 
uchun «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Markaziy Osiyodagi musulmon va boshqa din va-
killari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat va 
bag‘rikenglikka asoslangan. Bugun respublikamizda 
16 konfessiya vakillari emin-erkin faoliyat olib bormoq-
dalar. Murakkab tarixiy jarayonlar sinovlarini mardo-
navor yengib o‘tishlari natijasida shakllangan diniy 
IJODIY FAOLIYAT
Ushbu matnni o‘qing va munosabat bildiring.
Odamlarni ayblamang, shunda siz ham ayblanmaysiz, aks holda, ularni 
qanday ayblagan bo‘lsangiz, siz ham shunday ayblanasiz. O‘zgalarning ay­
bini qaysi qarichda o‘lchasangiz, sizniki ham o‘sha mezonda o‘lchanadi.
Samarqanddagi 
Avliyo Aleksiy 
Moskovskiy sobori


81
MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yurtimizda bag‘rikenglik muhiti yaratish da noislomiy konfessiyalar-
ning o‘rni qanday?
2. O‘zbekiston xalqiga xos diniy bag‘rikenglik asoslari qanday murakkab 
jarayonlar sinovlari natijasida yuzaga kelgan?
3. Yurtimizga katoliklik yo‘nalishi vakillarining kirib kelishi qaysi voqea 
bilan bog‘liq bo‘ldi?
4. Noislomiy konfessiyalarning mamlakatda ijtimoiy-ma’naviy muhit-
ni sog‘lomlashtirish jarayoniga qo‘shgan hissasi nimalarda namoyon 
bo‘lmoqda?
bag‘rikeng lik muhiti mamlakatda tinchlik, taraqqiyot va 
farovonlikka xizmat qilmoqda. Chunki bu holatdan bar-
cha din vakillari manfaatdordirlar. Mana shu oliyjanob 
maqsad yo‘lida barcha konfessiyalar yurtimizda va xorij-
da tashkil etilayotgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda 
respublikamizda diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy barqa-
rorlikni yanada mustahkamlash borasida amalga oshi-
rilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqdalar.
Bugungi kunda O‘zbekistonda har bir diniy konfes-
siya o‘zining diniy tashkilotiga ega bo‘lib, diniy maro-
simlarini amalga oshirmoqda. Konfessiyalar o‘z fao-
liyatlarini O‘zbekistonning «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga amal qilgan holda 
olib bormoqdalar.
XX asr bashariyat tarixiga ikkita jahon urushi sodir 
bo‘lgan asr sifatida yozildi. Butun jahon afkor ommasi 
XXI asr — tinchlik asri bo‘lmog‘i uchun kurashmoqda. 
Bu yo‘lda diniy bag‘rikenglik, dinlararo muloqot kat-
ta ahamiyat kasb etadi. An’anaviy diniy bag‘rikenglik 
o‘lkasi sifatida ma’lum va mashhur bo‘lgan O‘zbekiston
bu jabhada ham o‘z vazifasini sharaf bilan ado etmoqda.
Fayoztepa — 
O‘zbekistonda 
2000 yil avval 
buddaviylik ta­
raqqiy etganini 
ko‘rsatadi.


82

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling