Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


«Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

«Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish
to‘g‘risidagi deklaratsiya»ning 61-moddasi


97
Ksenofobiya bu tabiiy bo‘lmagan, insondagi biror notanish narsaga nisbatan 
haddan ortiq nafrat hissining yuzaga kelishi, asab tizimining izdan chiqishi ho-
latidir.
Insondagi ushbu psixologik xususiyat har qanday yangilikni, u yaxshi yoki 
yomon bo‘lishidan qat’i nazar, undan hadiksiragan holda qabul qilishdan ibo-
rat. Masalan, yangilik kashfiyotchilaridan Galileo Galiley (1564–1642), Niko-
lay Kopernik (1473–1543) kabi olimlarning olamshumul ixtirolariga bo‘lgan 
munosabatni olishimiz mumkin. XIX asrda mahalliy xalqlar o‘rtasida «Tunu-
ka tom yopilgan uyga farishta kirmaydi», «kartoshka — musulmonning tao-
mi emas» kabi mutaassibona fikrlar tarqalgan. Bu masala haqida gapirilgani-
da kulib qo‘yasiz. Ammo hozirgi XXI asrdagi sivilizatsiya jarayonlarining 
jadallashuvi davrida insonlar orasida ijobiy yangilikka nisbatan qo‘rquv hissi 
yo‘qolmaydi. Qo‘rquvning obyekti o‘zgaradi, xolos.
TARIXGA NAZAR
AQSHda XIX asrda yuzaga kelgan «Ku-kluks-klan» 
guruhi qora tanlilarga qarshi oq tanlilar millatchiligi 
sifatida yuzaga kelgan edi. Bu guruh tomonidan qora 
tanlilarga nisbatan o‘tkazilgan tazyiq va terrorchilik ha-
rakatlari natijasida jamiyatda anchagina notinchliklar 
kelib chiqdi. «Oq irqchilik» nomi bilan mashhur 
bo‘lgan bu yashirin jamoa AQSHda 1861–1865-yillar-
dagi fuqarolar urushidan keyin janub lik sobiq askarlar 
tomonidan tashkil etilgan edi. Ular tomonidan nishon-
ga olingan qora tanli «qurbon»ga dub daraxti shox-bu-
tog‘i yoki apelsin urug‘lari tashlab ketilar edi. Bu bel-
gini olgan qora tanli kishi aytilgan ishni qilishi yoki 
mamlakatni tashlab chiqib ketishi kerak edi. Aks holda 
uni muqarrar o‘lim kutar edi.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling