Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

MISSIONERLIK USLUBLARINING 
TAKOMILLASHUVI
Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o‘z 
uslub va vositalarini doimiy takomillashtirib kelganlar. 
Xususan, so‘nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy 
qatlamni ajratib olib, ushbu qatlam bilan maqsadli ish 
olib borishga intilmoqdalar.
Jumladan, missionerlar asosiy e’tiborni aralash mil-
lat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech 
bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, 
moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muas-
sasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy 
ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. 
Shu bilan birga, missionerlar sanoat korxonalari joy-
lashgan hududlarda ishchilar va vaqtincha ishsizlar 
hamda xususiy tadbirkorlar bilan ishlashga ham alohida 
e’tibor bera boshlaganlarini ta’kidlash zarur. 
Shuningdek, san’at sohasi xodimlari, kutubxona-
chilar, o‘rta maktab o‘qituvchilari, turli idoralar xiz-
matchilari faol missionerlik targ‘iboti obyekti sifatida 
tanlanayotganini ham qayd etish lozim. Bunda sekta 
Missionerlarning 
maqsadi ma’lum 
xalqlar o‘rtasida 
o‘z e’tiqodiga 
nisbatan shubha 
paydo qilib, 
asta-sekin ularda 
o‘z ota-onasi, 
millati, Vataniga 
nafrat uyg‘otish-
dir.
IJODIY FAOLIYAT
Fuqarolarning quyidagi burchlari cheklanishi mumkinmi yoki qaysi hol-
larda boshqa vazifa bilan almashtiriladi?
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublika­
si har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda 
harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 52-modda


107
ta’siriga tushgan san’atkor san’atning hissiy-emotsio-
nal ta’sir quvvatidan foydalanib, e’tiqodiy bosim o‘tka-
zishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo‘lsa, 
prozelit kutubxonachida esa «o‘lja» sifatida tanlangan-
lar bilan yakka tartibda ishlash imkoniyati tug‘iladi.
Qayd etilgan misollar ham missionerlik obyekti sifa-
tida tanlanayotgan qatlamlar doirasi muntazam ravishda 
kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Missionerlar tizimli targ‘ibot-tashviqot bosimi-
ni amalga oshirish, tadrijiy psixologik tazyiq o‘tkazish 
orqali kishilarni o‘z e’tiqodini o‘zgartirishga majbur qi-
ladilar. Ularning bunday harakatlari oxir-oqibatda inson-
lar va konfessiyalararo dushmanlik kayfiyatining shakl-
lanishiga zamin yaratadi. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling