102
zim bo‘lgan narsalar qatorida chorvani talon-taroj qilish,
talafot va vayrongarchilik keltirishdan tiyilish ham sa-
nab o‘tilgan.
Milliy dinlardan bo‘lgan hinduiylik va jayniylikda
tinchlikparvarlik g‘oyalari «ahimsa» — kuch ishlat-
maslik ta’limotida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra yer yu-
zida buzg‘unchilik qilish, nafaqat insonlar,
balki barcha
jonzotlarga ozor berish taqiqlanadi. Ayni damda mazkur
ta’limot zo‘ravonlikka zo‘ravonlik bilan javob berish,
urush qilganga qarshi urushishni ham qoralab chiqadi.
Tinchlik g‘oyasiga eng katta e’tibor
qaratgan dinlar-
dan biri islom dinidir. Zero, «Islom» so‘zining ma’nola-
ridan biri ham tinchlik demakdir.
Tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukro-
nalik uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy
«O‘zingga ozor yetmasin desang, o‘zgalarga ozor berma, boshqalar
ga ozor bersang, o‘zing ham ozor chekasan. Hirsu havas barcha baxt
sizliklarning sababchisidir. Vaqt o‘tishi bilan hamma narsa o‘zgaradi,
shuning uchun hech narsaga ortiqcha ko‘ngil bog‘lama, ko‘ngilni toza
tut, haqiqat va boqiy saodat izla. Yomonlik qilma, gunohdan saqlan.
Hamisha yaxshilik qil. Boshqalarni sevsang, o‘zing ham, boshqalar ham
baxtli bo‘lishadi. O‘zgalarning aytganlarini rad etma va qoralama, o‘zni
baxtli qilish uchun o‘zgalarni baxtsiz qilish insofdan emas».
Do'stlaringiz bilan baham: