98
Diniy
ksenofobiyadan tashqari etnik, milliy, irqiy
ksenofobiya turlari mavjud. Biror xalqqa (etnosga) nis-
batan
hadiksirash, qo‘rquv bilan qarash va shu qarashlar
bilan bog‘liq xatti-harakatlar
etnik ksenofobiyaning bir
ko‘rinishidir.
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida «ter-
rorizm» va «islom» so‘zlari juda ko‘p holatlarda birga-
likda ishlatilmoqdaki, oqibatda islomdan qo‘rqish —
islamofobiya tushunchasi yuzaga keldi. Islamofobiya
atamasi XX asrning oxirlaridan muomalaga kirib kel-
gan.
Islamofobiyaning mafkuraviy
jihati shundan iboratki,
bunda bir tomondan dunyoviylik, ikkinchi tomondan
vijdon erkinligi tamoyillarining ba’zi g‘arb davlatlarida
to‘liq tartibga solinmaganligida ko‘rinadi.
Islamofobiya ba’zan «diniy kamsitish» (diniy diskri-
minatsiya) ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. «Di-
niy kamsitish» kishilarni diniy mansubligiga ko‘ra, ular-
ning haq-huquqlarini chegaralashdan iborat.
Diniy ksenofobiyaning ko‘rinishlari boshqa jahon
dinlariga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan,
xristian-
lik diniga nisbatan salbiy munosabat «xristianofobiya»
so‘zi shaklida, yahudiylik diniga nisbatan «yudofobiya»
iborasi ishlatiladi.
Ko‘pincha, jamiyatdagi ksenofobiyaning paydo
bo‘lishiga ommaviy axborot vositalari sababchi bo‘la-
Insonning psixologik holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan «fo-
biya»larning ham, o‘z
navbatida, bir necha turi mavjud. Xususan,
«akrofobiya» (balandlikdan qo‘rqish), «agorafobiya» (odamlar
gavjum joylardan qo‘rqish), «araxnofobiya» (o‘rgimchak va
sh.k. hasharotlardan qo‘rqish), «astrafobiya» (momaqaldiroq va
chaqmoqdan qo‘rqish), «klaustrofobiya» (tor va yopiq joylardan
qo‘rqish) va hokazo.
Ksenofobiya irqiy
yoki diniy kamsi
tishlarga sabab
bo‘ladi.