Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. «Ommaviy madaniyat» insonning hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
2. Adabiyot fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, «manqurt» tushuncha-
sining jamiyat rivojiga ta’siri haqida fikr yuriting.
3. Diniy ta’limotlarning «ommaviy madaniyat»ga munosabati qanday?
4. Siz nima uchun «ommaviy madaniyat»ni qoralaysiz? Fikringizni asoslang.
5. Berilgan xalq maqolini «ommaviy madaniyat» bilan bog‘lab tushunti-
ring: «Barcha yaltirab ko‘ringan narsalar oltin bo‘lavermaydi».
6. Berilgan rasmlarda tasvirlangan holatlar umuminsoniy qadriyatlarga 
qanday putur yetkazadi? 
Sizlar Xudoyin­
giz — Ega­
mizning far­
zandlarisizlar, 
o‘lganlar uchun 
o‘zingizni kes­
mang, sochin­
gizning oldini 
qirqmang. 
Qadimgi Ahd 
(Ikkinchi
qonun, 14:1).


96
KSENOFOBIYA VA DIN
20-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ksenofobiya, xristianofobiya, yudofobiya, islamofobiya degan atama-
larni eshitganmisiz?
2. Insonga xos bo‘lgan qo‘rquv holatiga qanday hodisalar ko‘proq sabab 
bo‘ladi?
3. Qo‘rquvni yengish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
4. Biologik qo‘rquv bilan sun’iy qo‘rquvning farqi nimada?
Ksenofobiya — (yunon. ksenos — begona; fobos — qo‘rquv) yunon tili-
da birorta «begona», «notanish» bo‘lgan narsa yoki tushunchadan «qo‘rqish» 
ma’nosini anglatadi. 
Tibbiyotda bu so‘z insondagi «notanish shaxs, narsa, hodisa va boshqalar-
dan qo‘rqish» yoki ulardan «nafratlanish» tuyg‘ularini bildiradi. O‘zi uchun 
begona bo‘lgan narsalardan yotsirab qo‘rqish, ayniqsa, yosh go‘daklarda 
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Notanish narsa va hodisalardan ehtiyotkorlik yuzasidan begonasirab, ular-
dan yetishi mumkin bo‘lgan xavf-xatardan qo‘rqish insondagi o‘z-o‘zini 
himoya qilish xususiyati bilan bog‘liq bo‘lib, odatda, sog‘lom insonda kuzati-
ladigan holatdir. Bu kabi o‘z hayoti, nasli, turini begona va noma’lum xavf-xa-
tardan himoyalash, biologik qo‘rquv hissiyoti hayvonlarda ham mavjud. 
«Biz, shuningdek, dunyoning turli joylarida antisemitizm va is­
lamofobiyaning kuchayganini, yahudiy, musulmon arab jamoalari­
ga nisbatan zo‘ravonlik, irqchilikni targ‘ib qiluvchi hamda ularni 
kamsituvchi g‘oyalarga asoslangan ayirmachilik harakatlarining 
paydo bo‘layotganini chuqur tashvish bilan tan olamiz».

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling