Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tatuirovka bo‘yog‘i tarkibida saratonni yuzaga keltiradigan omillar mavjud.
- «Got- lar»
A’rof surasi, 26-oyat
94 Qosh tatuaj qilinganda qoshlar ildizining yo‘q bo‘li- shiga olib kelib, ularning to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Ko‘zlarga tatuaj qilinganda esa ko‘zning ko‘rish qobi- liyatiga, qovoq terilarining sezuvchanligiga salbiy ta’sir etadi. Lablar tatuaj qilinganda og‘iz atrofida shishlar paydo bo‘ladi. Bu muolajalarda igna bilan teri teshilga- ni bois organizm turli infeksiyalarga beriluvchan bo‘lib qoladi. Teri teshiklariga esa turli kimyoviy bo‘yoqlar ki- ritilishi allergiya kasalliklarini keltirib chiqaradi. «Tatuirovka» igna bilan asab tomirlariga zarar yetka- zib, tanaga surat soldirishdir. Bu og‘riqli jarayon bo‘lib, inson o‘z-o‘ziga shikast yetkazadi. Soha mutaxassislari- ning ta’kidlashicha, «tatuirovka» qildirgan insonlarda 20 dan ortiq kasallikka chalinish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lar ekan. Tatuirovka bo‘yog‘i tarkibida saratonni yuzaga keltiradigan omillar mavjud. Bo‘yoqlar tarkibida inson organizmi uchun zararli bo‘lgan metallar, ya’ni simob sulfidi, xrom, kadmiy, qo‘rg‘oshin, titan, aluminiy, ko balt kabi unsurlar bor. «Mycobacterium haemophilum» bakteriyasi sil va moxov kasalligini chaqiradi, odamlarda immun tizimi- ni sustlashtiradi. Bu bakteriya esa faqat tatuirovka chiz- dirgach yuzaga keladi. Xristianlik dinining muqaddas kitobida ham tatuirovkalar qilish qoralanib, badanni til- maslik, teriga o‘yib narsa yozmaslik uqtiriladi. «Ommaviy madaniyat»ning yana bir korinishi «Got- lar»dir. «Gotlar» (ingliz tilidan «goths» — gotlar, var- varlar, madaniyatsiz odamlar, johil va nodonlar deb tarjima qilinadi) axloqsizlik, g‘ayriinsoniylik kabi illat- larni targ‘ib qiluvchi submadaniyat bo‘lib, XX asrning 70-yillari oxirida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan. Xususan, 1982-yilda «Betkav» klubining ochilishi got hayot tarzini targ‘ib qilishda katta o‘rin tutgan. Aynan ularning faoliyati natijasida gotik-rok musiqiy janri yu- Tatuirovka as boblari bilan ge patit B, S hamda OIV infeksiyasini yuqtirib olish juda oson. Tatuirovkasi bor insonlarning ge patit S kasalligi ga chalinish xavfi oddiy odamlarga qaraganda 9 baravar yuqori bo‘ladi. Gotlar 95 zaga kelib, ingliz yoshlari orasida mashhur bo‘la bosh- lagan. «Gotlar» harakatining asosiy g‘oyasi o‘limni romantiklashtirish, iztirob, azob-uqubat, ifloslikdan ro- hatlanishdan iboratdir. Mazkur submadaniyat vakillari qora rangga asoslangan imijga tayanadilar, gotik mu- siqaga qiziqadilar, bugungi kun bilan yashaydilar. Got- lar pozitiv his-tuyg‘ulardan zavqlanish o‘rniga, ruhiy azoblanish, umidsizlik va ruhiy alamdan lazzatlanadilar. Gotlarni ko‘cha-ko‘yda tanib olish mushkul emas. Yuqorida qayd etilganidek, mazkur submadaniyat va- killari qora rangga asoslangan «dress-kod»ga amal qi- ladilar. Jumladan, gotik kiyinish uslubining asosiy ele- mentlari — liboslarda qora rang ko‘p bo‘lishi, metalldan ishlangan turli bezaklarni ishlatishdir. Yuqorida kelti- rilgan misollar ko‘rsatmoqdaki, «ommaviy madaniyat» insonni manqurtga aylantiradi. U o‘zining «men»ligini yo‘qotadi. Uning uchun qadrli narsalar qolmaydi, ota- ona, farzand, qadriyat kabilarni tan olmaydi. Jamiyatda hech narsani qadrlamaydigan insonlarning ko‘payib ketishi davlatni inqirozga olib keladi. Natijada befarq odamlar ko‘payadi, milliy qadriyatlarga, ma’na- viyatda putur yetadi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling