Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJODIY FAOLIYAT
MISSIONERLAR VA BOLALAR
Missionerlar o‘zlari haqida ijobiy tasavvurni shakl- lantirish va shu yo‘l bilan o‘z faoliyatlarini kengayti- rish maqsadida maktab yoshidagi bolalar bilan ishlash- ga ham alohida e’tibor bermoqdalar. Jumladan, bolalar uchun yozgi oromgohlar tashkil etish orqali tegishli e’tiqodiy ta’lim-tarbiyani amalga oshirishdan keng foy- dalanilayotganini ta’kidlash zarur. Bunday yo‘nalishda- O‘tgan asrning 90-yillari boshlarida, 1995-yilgacha qon quyilmagani uchun qurbon bo‘lgan 3 315 sekta izdoshlari nomma-nom ko‘rsatilgan memorial tashkil etilgan edi. IJODIY FAOLIYAT Iyegovo shohidlari tomonidan 1930-yildan 1952-yilga qadar (22 yil davo- mida!) o‘z tarafdorlariga kasalliklarning oldini olishga qaratilgan vaksinat- siyalarni olishni, 1967-yildan 1980-yilgacha (23 yil davomida!) teri va or- ganlarni ko‘chirib o‘tkazishning taqiqlab kelingani odamni taajjubga soladi. Ular tomonidan 1944-yilda qabul qilingan birovning qonini quydirmaslik bo‘yicha taqiq hozirgacha amal qilib kelmoqda. 108 gi harakatlar O‘zbekistonda ham kuzatilganini qayd etish lozim. Yozgi ta’til davrida bolalarni dam olish joylariga qisqa muddatga olib chiqish, cherkov hududida bir ne- cha smenali, kamida 2 mahal ovqat beriladigan kunduz- gi dam olish oromgohlari tashkil etish ham missionerlar faol foydalanadigan usullardan hisoblanadi. Odatda, bunday amaliyot cherkovga qatnaydigan fuqarolarning bolalari uchun tashkil etilgani haqida hamma joyda ochiq-oshkor e’lon qilinadi ham. Ammo aslida bunday harakatlar «e’tiqodiy tarbiyadan chetda qolayotgan bolalar» uchun mo‘ljallangani hech kimga sir emas. Cherkovga ibodatga keladiganlar orqali mahalla va maktablarda bolalar oromgohlariga bepul yo‘llan- ma borligi, dam olish davrida turli to‘garaklar faoliyat ko‘rsatishi, bolalarning dam olishi mazmunli o‘tishi, qa- dimiy joylarga sayohatlar tashkil etilishi haqidagi e’lon- larning tarqatilishi ham shunday xulosa chiqarish imko- nini beradi. Missionerlar tarqatayotgan kitoblar ichida bolalar uchun mo‘ljallangan «Injil»ning bo‘lishi esa tashqari- dan qaragan odam uchun kichik bir tasodifdek tuyulishi mumkin, ammo missionerlar taktikasidagi tabiiy-qo- nuniy hol hisoblanadi. Cherkovlarda bolalar uchun mo‘ljallangan «yakshan- ba» maktablari tashkil etish, bunday maktablarga jalb qilinganlar ishtirokida turli tadbirlar o‘tkazish, o‘z sek- talari ta’limoti bilan yo‘g‘rilgan spektakllar qo‘yish va muayyan tayyorgarlikdan o‘tgan tarbiyalanuvchilardan masihiylikka da’vat qiluvchi turli adabiyotlarni tarqa- tishda faol foydalanishga intilishni ham bolalar orasida olib borilayotgan missionerlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida qayd etish mumkin. Harakat inson qiyofasini ochib beruvchi eng aniq vositadir. Inson qanday harakat qilsa o‘shandaydir. Gegel Har kimki «meni bilimdon ekan, desinlar» de gan maqsadda o‘zidan dono roq odam bilan bahslashsa o‘z nodonligini namoyish qilgan bo‘ladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling