Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaykovus, «Qobusnoma» 77 O‘ZBEKISTONDA DINIY BAG‘RIKENGLIK
MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Tasavvuf va tariqat so‘zlarining mazmunini aytib bering. 2. Movarounnahrda tasavvufning rivojlanishi qaysi allomaning nomi bi- lan bog‘liq? 3. Yassaviylik tariqati haqida gapirib bering. 4. Kubraviylik tariqatining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat? 5. Naqshbandiylik tariqatining asosiy shiori mazmunini tushuntirib be ring. 6. Berilgan matnni diqqat bilan o‘qing, Naqshbandiya tariqatining asosiy tarbiya usuli — suhbat usuli bilan bog‘lang. Suhbatlashish madaniyati- ga asoslanib fikr bildirinig. Siz fikr bildirganingizda qanday qoidalarga amal qilasiz? ... tilingni yaxshi hunar bilan o‘rgatgil va muloyim so‘zdan boshqa narsani odat qilmagil. Nedinkim, tilga har nechuk so‘zni o‘rgatsang, shuni aytur, so‘zni o‘z joyida ishlatgil, so‘z agar yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon, nobop eshitilur. Shu ning uchun behuda so‘zlamagilki, foydasizdur. Bunday befoyda so‘z ziyon kelti rur va har so‘zki undan hunar isi kelmasa, bunday so‘zni gapirmaslik lozim. Kaykovus, «Qobusnoma» 77 O‘ZBEKISTONDA DINIY BAG‘RIKENGLIK VA IJTIMOIY BARQARORLIK 16-§ FAOLLASHTIRISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Berilgan rasmlarda xalqimizga xos qanday qadriyatlar uyg‘unlashgan? 2. Bag‘rikenglik deganda nimani tushunasiz? 3. Vatanimiz tarixidan bag‘rikenglik tamoyiliga oid ma’lumotlarni kel- tiring. 4. Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining bag‘rikenglik qadriyati qanday namoyon bo‘ldi? Bugun O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik borasida butun dunyoga namuna bo‘lmoqda. O‘zbekiston xalqiga xos ushbu fazilat uzoq va murakkab tarixiy jarayonlar natijasida yuzaga kelgan. Og‘ir sinovlarni boshi- dan kechirgan turli e’tiqod vakillari qiyin vaqtlarda bir-birlarini qo‘llab-quv- vatlab, o‘zaro yordam qo‘lini cho‘zganlar. O‘lkamiz tarixi turli din vakillari orasida diniy asosdagi nizolar chiqmaganligi bilan ajralib turadi. Bundan deyarli 1,5 ming yil avval hozirgi Markaziy Osiyoni o‘z ichiga ol- gan G‘arbiy turk hoqonligi davrida (552–576) o‘lkada ma’lum bo‘lgan barcha 78 din vakillariga o‘z e’tiqodlarini amalga oshirish uchun keng yo‘l qo‘yib berilgan. VIII asr boshida Movarounnahrga islom dini kirib keldi. Bunda yangi diniy e’tiqod va mahalliy urf-odat, an’analar birlashib, boshqa musulmon mamlakatlaridan farqli o‘ziga xos shaklni oldi. Keyinchalik shu o‘lka ula- molari tomonidan keng rivojlantirilgan hanafiylik maz- habi mazkur urf-odatlarning Qur’on va hadislarga mos qismini diniy manba sifatida qabul qildi. Natijada di- niy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda «urf» fiqhiy man- balardan biri bo‘lib qoldi. Islom olamida kim musulmon, kim musulmon emas, degan tortishuvlar avj olgan bir paytda Markaziy Osiyo ulamolari islom dinini qabul qilib, o‘zini musulmon sa- nagan kishini kofirlikda ayblash mumkin emas, degan qoidani islom dinining manbalari bilan asoslab berdilar. Islom dinining ushbu o‘lkada keng tarqalgan mazhabi hanafiylikning bosh aqidaviy tamoyillari ana shunday bag‘rikenglikka asoslangan. Imomi A’zam Abu Hanifa (699–767) tomonidan bosh langan bunday bag‘rikenglikning ilmiy-aqidaviy asoslari yurtimiz allomalaridan Imom Moturidiy (870– 944), Abul Muin Nasafiy (1046–1115) kabi zotlar tomo- nidan davom ettirildi. Ular qoldirgan boy ilmiy meros asrlar osha musulmon mamlakatlar madrasalarida diniy Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling