Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

TARIXGA 
NAZAR
VIII asrning 
oxirlaridayoq 
Buxorodagi 
imom Abu Hafs 
Kabir Buxoriy 
(767 — 832) 
madrasasida 
katta kutubxona, 
maxsus qi-
roatxona mavjud 
bo‘lgan.
Ma’mun akade­
miyasi. Olimlar 
mashvarati
Barcha fanlar 
bir­biri bilan shu 
qadar chambar­
chas bog‘lanib 
ketganki, ularni 
bitta­bittalab 
o‘rganishdan 
ko‘ra, birvara­
kayiga o‘zlashti­
rish osonroq.
Rene Dekart


89
Imom Buxoriy 
maqbarasi
«Hadis ilmining sultoni» degan sharafli unvonga sazo-
vor bo‘lgan. Buyuk muhaddisning «al-Jome as-Sa-
hih» asari Qur’oni karimdan keyingi o‘rinda turadigan 
ikkinchi muhim manba sifatida islom olamida yuqori 
bahoga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Imom Buxoriyning shogirdi va do‘sti bo‘lish shara-
figa muyassar bo‘lgan zotlardan biri Abu Iso Muham­
mad Termiziy (824–892). Imom Termiziy asarlarining 
IJODIY FAOLIYAT
1. «Imom Buxoriyning imtihon qilinishi» hikoyasini o‘qing. Uning noyob 
iste’dodi haqida mushohada qiling. 
2. Xotirani mustahkamlash uchun qanday mashqlar zarur? Siz xotirangizni 
mustahkamlash uchun qanday mashqlar bajarasiz? Kitob o‘qish va yod 
olish xotirani mustahkamlaydi, degan fikrga qo‘shilasizmi?
IMOM BUXORIYNING IMTIHON QILINISHI
Bir kuni Imom Buxoriyning Bag‘dodga kelganini eshitgan olimlar u kishini 
imtihon qilib ko‘rmoqchi bo‘ldilar. Bag‘dod muhaddislari yuzta hadisni tan-
lab olib, ularning matn va isnodlarini o‘zgartirdilar (ya’ni bir isnod matnini 
ikkinchi bir isnod matni bilan va bir matn isnodini boshqa matn isnodi bilan 
almashtirib qo‘ydilar). So‘ng ularni o‘n kishiga o‘ntadan bo‘lib berdilar-da, 
yig‘in vaqtida Imom Buxoriyga aytishni tayinladilar. Yig‘inga minglab xu-
rosonlik, bag‘dodlik va boshqa olimlar kelishdi. Boyagi kishilar o‘zlariga 
topshirilgan hadislarni Imom Buxoriyga aytib, ular xususida so‘radilar. Shun-
da Imom Buxoriy ularning har biriga: «Bunday hadisni bilmayman», — deb 
javob berdi. Savollar tugaganidan so‘ng birinchi bo‘lib savol bergan kishi-
ga o‘girildi-da: «Ammo, sen aytgan birinchi hadisning matni boshqa bir ha-
dis isnodiga taalluqli bo‘lib, to‘g‘risi mana bunday, ikkinchisining isnodi esa 
bo‘lak hadis matniga tegishli bo‘lib, to‘g‘risi mana bunday...» — deya sa-
vol bergan 10 kishiga javob berdi. Barcha hadislarning isnod-u matnlarini 
joy-joyiga qo‘yganiga qoyil qolgan odamlar u kishining xotirasi, aql-u zakova-
tiga tan berib, chuqur izzat-ehtirom bildirdilar.


90
ichida eng mashhuri «al-Jome as-sahih» bo‘lib, u oltita 
ishonchli hadislar to‘plamidan biri hisoblanadi.
Movarounnahrdan chiqqan buyuk allomalar islom 
shariati — fiqh sohasida ham peshqadamlardan bo‘lgan-
lar. Mana shunday buyuk faqihlardan biri Burhoniddin 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling