Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

IJODIY FAOLIYAT
Berilgan matnni o‘qing va «ommaviy madaniyat» xavfsizlik uchun qanday 
tahdid solishi mumkinligiga misollar keltiring.
XXI asrning xalqaro munosabatlar va milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan
alohida ajralib turadigan tomoni — globallashuv sharoitida yangidan 
yangi qarama­qarshiliklar yuzaga kelib, ular milliy xavfsizlik uchun yangi 
tahdidlarni keltirib chiqardi.


93
yoki qorni ochilib turadigan kiyimlarni kiyish shular 
jum lasidandir. 
Islom dinining muqaddas manbayi Qur’oni karimda 
Xudo tomonidan insonlarning xushbichim va xushsurat 
yaratilganligi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, islom 
ta’limotida inson jismini pok tutishi, toza va xushbo‘y 
bo‘lishiga targ‘ib va tashviq qilinib, go‘zallik belgilan-
gan chegaradan chiqmasligi ham alohida zikr etilgan. 
Keyingi vaqtlarda tatuaj, rastushovka, tatuirovka (ta-
naga rasm soldirish) odat tusiga kirib bormoqda. Bu ja-
rayonlar ham og‘riqli, ham insonlarning sog‘lig‘i uchun 
zararlidir. 
«Tatuaj», «Rastushovka» jarayoni haqida soha mu-
taxassislari o‘z fikrlarini bildirganlar. Tatuaj — perma-
ment pardoz, ya’ni yuzdagi a’zolar — qosh, ko‘z va labni 
uzoq vaqtgacha ketmaydigan qilib bo‘yab, pardoz berish 
demak. Permament pardozda sanab o‘tilgan a’zolarning 
terisiga tatuaj uchun mo‘ljallangan igna yordamida max-
sus bo‘yoq yuboriladi. Bu pigmentlarning uzoq vaqt 
ushlanib turishini ta’minlaydi. Permament pardoz muo-
lajasi og‘riqli bo‘lib, bir-ikki soatga cho‘ziladi.
Ammo soxta zebning inson organizmi uchun zararlari
tuzatib bo‘lmas asoratlarga olib kelishi ham mumkin.
«Ey Odam bolalari, batahqiq, sizlarga avratingizni to‘sadigan libos va ziy­
nat libosini nozil qildik. Taqvo libosi, ana o‘sha yaxshidir. Ana o‘shalar Al­
lohning oyat­belgilaridandir. Shoyadki eslasalar». (Libosning zaruri avratni 
pinhon tutadiganidir. Lekin Alloh insonning avratdan boshqa a’zolarini ham 
to‘sish ehtiyoji borligini inobatga olib, libosni ziynat tarzida nozil qildi. Xud­
di shunday libosni o‘z o‘rnida, ya’ni shariatga muvofiq foydalangan inson 
ziynatli hisoblanadi. Ammo eng asosiy libos – taqvo libosi.)

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling