97
Ksenofobiya bu tabiiy bo‘lmagan, insondagi biror notanish narsaga nisbatan
haddan ortiq nafrat hissining yuzaga kelishi, asab tizimining izdan chiqishi ho-
latidir.
Insondagi ushbu psixologik xususiyat har qanday yangilikni, u
yaxshi yoki
yomon bo‘lishidan qat’i nazar, undan hadiksiragan holda qabul qilishdan ibo-
rat. Masalan, yangilik kashfiyotchilaridan Galileo Galiley (1564–1642), Niko-
lay Kopernik (1473–1543) kabi olimlarning olamshumul ixtirolariga bo‘lgan
munosabatni olishimiz mumkin. XIX asrda mahalliy xalqlar o‘rtasida «Tunu-
ka tom yopilgan uyga farishta kirmaydi», «kartoshka —
musulmonning tao-
mi emas» kabi mutaassibona fikrlar tarqalgan. Bu masala haqida gapirilgani-
da kulib qo‘yasiz. Ammo hozirgi XXI asrdagi sivilizatsiya jarayonlarining
jadallashuvi davrida insonlar orasida ijobiy yangilikka nisbatan qo‘rquv hissi
yo‘qolmaydi. Qo‘rquvning obyekti o‘zgaradi, xolos.
TARIXGA NAZAR
AQSHda XIX asrda yuzaga kelgan «Ku-kluks-klan»
guruhi qora tanlilarga qarshi
oq tanlilar millatchiligi
sifatida yuzaga kelgan edi. Bu guruh tomonidan qora
tanlilarga nisbatan o‘tkazilgan tazyiq va terrorchilik ha-
rakatlari natijasida jamiyatda
anchagina notinchliklar
kelib chiqdi. «Oq irqchilik» nomi bilan mashhur
bo‘lgan bu yashirin jamoa AQSHda 1861–1865-yillar-
dagi fuqarolar urushidan keyin
janub lik sobiq askarlar
tomonidan tashkil etilgan edi. Ular tomonidan nishon-
ga olingan qora tanli «qurbon»ga
dub daraxti shox-bu-
tog‘i yoki apelsin urug‘lari tashlab ketilar edi. Bu bel-
gini olgan qora tanli kishi
aytilgan ishni qilishi yoki
mamlakatni tashlab chiqib ketishi kerak edi. Aks holda
uni muqarrar o‘lim kutar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: